• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda tilla konlarini talashgan ikki qishloq aholisi o‘rtasida chiqqan ommaviy janjalni bostirishga 20 dan ortiq IIB xodimi jalb qilindi

    Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida fuqarolar tilla kukuni bo‘lgan qumlarni talashib, bir-biriga tosh va tayoqlar bilan tashlanib, ommaviy tus olgan janjalning oldi olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

    Bildirilishicha, uzoq yillardan buyon “Navoiy tog‘-kon metallurgiya” kombinati tomonidan tarkibida tilla kukuni bo‘lgan katta miqdordagi qumlar uyumi Zarafshon cho‘l tizmasi hamda Xatirchi tumanining belgilangan hududida to‘plab boriladi. Bu qumlar tog‘i kelajakda tarkibidan tilla ajratib olish va yana qayta ishlov berishga mo‘ljallangan.

    Xatirchi tumanida foydalanishdan to‘xtatilgan tilla konlarini qo‘lbola usulda, qonunga xilof ravishda o‘zlashtirib, daromad olayotgan mahalliy fuqarolarga nisbatan juda ko‘p marotaba chora ko‘rilgan. Shunga qaramay, fuqarolar bunday qumlarni aylanma va yashirin yo‘llar orqali tashishgan.

    Ta’kidlanishicha, o‘zini konlarning “egalari” deb bilgan tumandagi Oltinsoy va Chilosh qishlog‘ining ikki nafar fuqarosi Shohruh Ibragimov hamda Mirzohid Murodov o‘zaro kon talashib, mushtlashishgan. Holatdan xabar topgan profilaktika katta inspektori Nodir Rahmonov voqea joyiga yetib kelgan. Bu ikki fuqaroga profilaktik tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, ular bir-birini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan. Janjal asnosida kon talashish oqibatida ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ham katta janjal kutilayotganiga ishora qilingan. Shu payt Oltinsoy qishlog‘ida yashovchi 33 nafar hamda Chilash qishlog‘ida yashovchi 20 nafarga yaqin fuqaro taxminan 40-50 metr oraliq masofada bir-birlarini haqorat qilib, janjal qilish maqsadida qo‘llariga tosh va tayoqlar olib, to‘plana boshlagan. Vaziyat og‘irligini anglagan profilaktika inspektori zudlik bilan rahbariyatga xabar bergan. Qo‘shimcha kuch vositalari yetib kelguncha inspektor aholi va fuqarolarni tinchlantirish choralarini ko‘rgan. Ammo fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimay, bir-birini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishdan, inspektor talablarini bajarmasdan, janjal va to‘polonda davom etgan. Oqibatda bir-biriga hamda IIB xodimlarining avtomashinalariga toshlar otib, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Nodir Rahmonovga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinaning orqa oynasini sindirgan.

    Voqea joyiga IIB tergov tezkor guruhi hamda qo‘shimcha 20 nafar xodim yetib kelib, bir necha daqiqada ommaviy tus olgan katta janjalni to‘xtatgan.

    Mazkur ommaviy janjalni sodir etgan fuqarolarni aniqlash maqsadida Navoiy viloyati va tuman IIB xodimlaridan iborat guruhlar tuzilib, har bir qishloq va ko‘chalarda tungi xizmat hamda patrullik naryadlari soni oshirilgan. Jinoiy holatga yetaklovchi xatti-harakatlarga oydinlik kiritilgan.

    “Jamiyatdagi qonun buzilish holatlariga duch kelganimizda aksariyat hollarda bir tomonlama baho beramiz. Vaholanki, mohiyatini chuqurroq anglaydigan bo‘lsak, har qanday og‘ir jinoyatning oldini olishning hech bo‘lmaganda, bitta yo‘li mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Xatirchi tumanidagi ushbu holat, ya’ni bir-birlariga ‘kichik urush’ e’lon qilgan qishloq fuqarolari janjal oqibatida og‘ir tan jarohat olishi yoki kimningdir hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin edi. Profilaktika inspektori o‘z vaqtidagi to‘g‘ri qaror qabul qilgani va sergakligi sabab katta talofat va jinoyatchilikning oldi olindi. Adovatni adolat yengar, deganlaridek, sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tumani sudi tomonidan 28 nafar fuqaroga nisbatan sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi. Ulardan 26 nafariga 15 sutka, 2 nafariga esa 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi belgilandi”, — dedi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov.

    Mavzuga doir: Qarshida bir guruh yigitlar ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi. Ulardan biri 19 yoshli yigitni pnevmatik to‘pponchadan yaraladi

    10.09.2021, 13:28   Izoh (0)   37696
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llangan vaksinalar soni 16 mln dozadan oshdi

    10.09.2021, 12:43

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 687 kishida koronavirus, 159 kishida pnevmoniya qayd etilib, 7 bemor vafot etdi

    10.09.2021, 12:13

    Andijon hokimi maktabning a’lochi o‘quvchilari uchun hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi

    10.09.2021, 11:29

    Namanganda muqaddam qotillikka qo‘l urgan qaynota 31 yashar kelinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

    10.09.2021, 10:45

    Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt tekislovchi mashina bosib ketishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    10.09.2021, 10:33

    Termizda fuqarolarga uy olib berish, o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    10.09.2021, 10:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik ayol to‘rt mingdan ortiq pazl bo‘laklarini yig‘ib, Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Layfstayl | 16 iyul, 11:31

    NATO uchta davlatni Rossiya bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 16 iyul, 11:19

    2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari sotuvi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 16 iyul, 11:10

    Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 10:47

    Maxfiy sxema bo‘yicha Buyuk Britaniyaga ko‘chirilayotgan afg‘onlarning ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 10:34

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi

    Layfstayl | 16 iyul, 10:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.