• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moda

    Moda va sipolik: Sharqning o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega blogerlari (foto)

    Sahifasini tomosha qilgach, sharq ayol-qizlari faqatgina uzun kiyinadi hamda trendlardan uzoq bo‘ladi, degan stereotiplardan voz kechish kafolatlangan blogerlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Lina Al-Xuti (@leenalghouti)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan bloger hayotining asosiy qismini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazgan. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lguniga qadar esa grafik dizayner va shuningdek, Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid al-Maktum zoti oliyalarining ofisida art-direktor bo‘lib ishlagan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Keyinchalik modaga bo‘lgan qiziqishini tushunib yetib, uni turmush tarzi va ishiga aylantirishi mumkinligini tushunib yetgan. Akasi bilan birga Stacks brendiga asos solgan. Uning garderobi trendga xos aksessuarlar va obrazlarida odatiy uyg‘unlashtiriladigan rang-barang narsalarga to‘la. Oversize kiyim-kechaklarni yaxshi ko‘radigan Linaning kiyinish uslubi o‘ziga xosligi bilan e’tibor jalb qiladi.

    Salli Asgur (@sallyomo)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Sallining blogi go‘zallik shaydolari va ijodsevarlarni o‘ziga maftun qiladi. Falastinda dunyoga kelgan Asgur keyinchalik AQShga ko‘chib kelib, Florida kollejida tahsil olgan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Romantik uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radigan qiz kundalik hayotda vodolazka, yubka, tugmali ko‘ylaklarni kiyishni afzal biladi. Sipolik va uslub borasida mukammal balansni topishni uddasidan chiqqan bloger ro‘mol bilan mahliyo qiladigan obrazlar yaratadi.

    Marga Biltagi (@mademoisellememe)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Arab modasi haqida gap ketganda uzun va qomatni yashiradigan kiyimlarni kiyiladi, degan stereotiplar keladi xayolga. Ammo Marva shim va keng kostyum hamda qizil pomada surtilgan obrazi bilan har doim ham bunday emasligini isbotlaydi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    “Men trendlar ortidan quvmayman, ammo aynan nimadir yoqadigan bo‘lsa, uni garderobimga qo‘shishni afzal bilaman. Hamma tendensiya barchaga to‘g‘ri keladi deb o‘ylamayman. Masalan, tor shorti sipolikni afzal biladigan moda ixlosmandlari uchun emas”, — degan u.

    Shahd Batal (@shahdbatal)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Shahd Instagram’dan tashqari YouTube’da ham mashhurlikka erishgan. Makiyaj va sochni turmaklash bo‘yicha videolar joylagan Batal hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishib kelgan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Kuzatuvchilari soni kundan kunga ko‘paygan bloger shundan keyin Instagram sahifasiga hijob bilan umumlashtirilgan sport uslubidagi obrazlarni joylaydi.

    Syuzanna va Nesma Kadri (@kd_sisters_style)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Arab moda olamining eng mashhur opa-singillar umumiy sahifasida o‘ziga xos uslubdagi uyg‘un obrazlarini joylab keladi. Oversize va street style uslubida kiyinadigan qizlar barcha tendensiyalarni obrazida mujassam qilishga urinadi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Shuningdek, ularning kiyinishidan kelib chiqib oddiy kiyimga qanday qilib yorqin urg‘u berish va aksessuarlarni moslash borasida xulosa qilsa bo‘ladi.

    Ayka Barkavi (@ayabarqawi)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Murakkab obrazlarni sinab ko‘rishi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Ayka tabiiy ranglarga yorqin urg‘u berishning uddasidan chiqadi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Qolaversa, u o‘zining moda borasidagi qarashidan kelib chiqib “Aya Barqawi” brendiga asos solgan.

    Imane Asri (@fashionwithfaith)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Minimal uslubda kiyinadigan Imane to‘q qizil, jigarrang, qora ranglarga ko‘p murojaat qiladi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Garderobi rang-barang bo‘lishini istaganlarga Asrining kiyinish borasidagi g‘oyalaridan ilhomlanish tavsiya qilinadi.

    Maria Alia al-Sadek (@mariaalia)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Kreativ konsultant sifatida faoliyat olib borgan Maria Marc Jacobs, Tiffany & Co’dan tortib, Nike va Farfetch singari bo‘lgan brendlar bilan ishlashga ulgurgan. Nyu-Yorkda istiqomat qiladigan qizning kiyinishida Amerika modasiga xos unsurlarni uchratish mumkin. Charm palto, oversize ustki kiyimlar kiyishni afzal biladigan Maria rang-barang ko‘ylak hamda trikotaj kostyumlarni yoqtiradi.

    Nur (@noore)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Ranglar va noodatiylikni moslashni istovchilarga Nurning akkauntini tomosha qilish tavsiya qilinadi. Sariqni olovrang, qizilni pushti bilan uyg‘unlashtiradigan bloger zamonaviy printlar hamda geometrik shakllarni ham esdan chiqarmaydi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Qomatga urg‘u berib turadigan liboslari esa uning yanada o‘ziga xos ko‘rsatadi.

    Samiya (@sauf.etc)

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Samiya ham arab modasi haqidagi mavjud stereotiplarni sindiradi. U oversize uslubidagi svitshotlar, keng koftalarni sport uslubidagi shim hamda krossovkalar bilan oson moslaydi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    U har kunlik bazaviy kiyim-kechaklar bilan zamonaviy va dolzarb ko‘rsatadigan rang-barang obrazlar yaratishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Sharq mamlakatlarida go‘zallik timsoliga aylangan byuti-blogerlar (foto)
    • Gollivud yulduzlaridan ham yaxshiroq kiyinadigan Saudiya malikasi (foto)
    • To‘la ayollarga o‘zgacha imij yaratishga yordam beruvchi moda bloglari (foto)
    • Foto: Bejirim to‘y liboslari bilan internetni “portlatgan” kelinchaklar

    10.09.2021, 11:57   Izoh (0)   22033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hech qachon urfdan qolmaydigan dizaynerlik sumkalari (foto)

    08.09.2021, 07:43

    Kuz mavsumiga tayyorgarlik: urfdan qolgan pidjaklarni qanday uslubdagisiga almashtirish mumkin?

    07.09.2021, 15:20

    Kuz-qish mavsumi: Sariq va siyohrang kiyim-kechaklarni moslash davri

    03.09.2021, 17:58

    Foto: Viktoriya Bekxemning obrazlari misolida rang va printlarni moslashni o‘rganamiz

    01.09.2021, 17:56

    Kuzgi garderob: Yangi mavsumda dolzarb bo‘ladigan 7 kiyim-kechak (foto)

    29.08.2021, 18:54

    Olib qo‘yishga shoshilmang. Kuzda kiysa bo‘ladigan yozgi kiyim-kechaklar

    26.08.2021, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.