Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi shaxs o‘z nabirasini pichoqlab qo‘ydi, deya xabar qilmoqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021-yil 29-avgust kuni soat 22:00 larda Qarshi tumani “Paxtazor” mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r T.O. nabirasi O.G‘. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolgan. Shu vaqt bobo nabirasining chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda G‘.O. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan avval Namanganda qimorbozlar pichoqlashgani aytilgan video yuzasidan ma’lumot berilgani, Andijondagi bozorda tengdoshini pichoqlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 8 yilga qamalgani hamda Qarshida ko‘lga cho‘milgani borgan tanishining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)