• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Namanganlik muxlislar bunday rahbariyatga munosib emas”. Andrey Kanchelskis 1,6 mln dollar kompensatsiya, “Navbahor” va o‘zbek futbolidagi noprofessionallar haqida

    “Navbahor” klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Match TV”ga intervyu berdi. Unda mutaxassis va Namangan shahri jamoasi o‘rtasida yuzaga kelgan muammo haqida so‘z bordi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Andrey Kanchelskis maoshi vaqtida to‘lab berilmagani sababli “Navbahor” jamoasidan iste’foga chiqqan edi. Bu masala yuzasidan murabbiy FIFAga shikoyat xatini yozgan. FIFA Kanchelskis va “Navbahor” o‘rtasidagi nizoni rossiyalik murabbiy foydasiga hal qildi.

    Shartnomani bekor qilishiga sabab nimaligi haqida

    Birinchi o‘rinda futbol, ikkinchi o‘rinda inson faktori tufayli. Mehnating uchun maosh bermaydigan joyda ishlab bo‘lmaydi. Sabr tugaydi. Klubda ishlaydigan noprofessional insonlar ham bunga sabab bo‘ldi. Ular bilan doim nizoga borish yaramaydi. Futbolga aloqasi yo‘q insonlarga nimanidir isbotlash qiyin. ‘Navbahor’ muxlislari, Namangan ahli bunday rahbariyatga munosib emas. Respublikaning boshqa jamoalarida ham noprofessionallar yetarlicha.

    Bu noprofessional shaxslar kimligi haqida

    Ular klub tizimiga kiradigan odatiy tadbirkorlar. Rossiyada ham bunday insonlar bor. Boshqa sohadan kirib keladi va mutaxassislarga futbolni o‘rgatishga urinadi. O‘z vaqtida ‘Volga’ boshqaruv kengashi raisi Svatkovskiy kelib futbolchilarga 2—3 soat yugurish kerakligini o‘rgatgandi. Hamma narsaga tushunadigan inson munosabat bildirish lozim, har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak.

    Aynan o‘sha tadbirkorlar sizni ishga olmaganmi?

    Yo‘q, men Namangan viloyati hokimi bilan gaplashganman. Keyin u boshqa lavozimga o‘tib ketdi. Men u yerdaligimda rahbariyat 3 marta almashdi. Almashinuv doim ham yaxshi bo‘lavermaydi. Ikkinchi murabbiy Aleksey Belenkov bilan birga bunga e’tibor qilmaslikka va maksimum ishlashga harakat qilardik. Oqibatda Belenkovni noma’lum sabablarga ko‘ra ayblashdi va ishdan olishdi. U ham FIFAga shikoyat yozgan va natijasini kutyapti.

    Aleksey Belenkov oldinroq shikoyat yozgan bo‘lishiga qaramasdan uning arizasi haligacha ko‘rib chiqilayotgani haqida

    Belenkov ishi bo‘yicha FIFA allaqachon qaror qabul qilgan. Endi CAS’ning (sport arbitraj sudi) qarorini kutyapti.

    Klub murosa variantlarini taklif qilgani haqida

    Shartnomamda 200 ming dollar ustama, yana to‘liq maoshim, davolanish uchun ketadigan xarajatlar yozilgan va men kelishuvga tayyor edim. Endi esa hech qanday murosa haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Klub o‘tgan yili Toshkentdagi xususiy shifoxonada koronavirusdan davolanganimdagi xarajatlarni to‘lab bermadi, garchi katta pul sarflanmagan bo‘lsa-da. Shartnomada esa davolanish xarajatlari qoplanishi keltirilgandi. Mana insoniy munosabat. Hozir ular qandaydir variantlar bilan oldimga kelmoqda, lekin endi hech narsaning iloji yo‘q.

    Bu klub uchun qanday oqibatlarni olib kelishi haqida

    ‘Navbahor’ qanday qaror qabul qilishini bilmayman. Odamlar bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini tushunishini istardim. FIFA va CAS kabi tizimlar faoliyat ko‘rsatishini bilishlarini xohlardim. Insonlar nafaqat futbolda, barcha sohada o‘zini bunday tutishi kerak emas.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”
    “Navbahor” rahbariyati uni ichkilikbozlikda ayblagani haqida 

    Ular o‘zini oqlash uchun nimadir deyishi kerak-ku. Aftidan, ular Romashenkoning so‘zlariga yopishib olgan. ‘Navbahor’ bazasida yashaganman. Men bilan birga ishlagan birorta futbolchi shunday ekanligini aytsa, ana unda bu savol muhokama qilishga arziydi. Bu tuhmatligi ko‘rinib turibdi.

    “Navbahor”ga qaytganidan afsuslanmasligi haqida

    Qachonki sen bilan hokimning o‘zi gaplashsa va barchasini boshidan boshlashni taklif qilsa, uni rad etish juda qiyin. Afsuslanmayman. Pandemiyaga qadar natijalarimiz yaxshi edi, biz uchinchi o‘ringa chiqqandik. Keyin esa butun jamoa bilan birga koronavirusga chalindik. Rahbariyat esa qo‘llab-quvvatlash o‘rniga bizga negativ sochishni boshladi. Klubning moliyaviy ahvolini hisobga olib, maoshim qisqarishiga ham rozi bo‘lgandim. Lekin ular buni hisobga olmadi.

    “Navbahor”dagi ishini o‘zi qanday baholashi haqida 

    O‘z mehnatimni baholash juda qiyin. Klubda bo‘lgan vaqtim jamoaning uch futbolchisi milliy terma jamoaga chaqirildi, yana biri Olimpiya termasidan chaqiruv oldi. O‘runov Rossiya chempionatiga yo‘l oldi. Alisher Usmonovning ‘Nosta’ jamoasi haqidagi so‘zlarini eslayman, o‘shanda Usmonov hech bo‘lmaganda bitta futbolchi Rossiya terma jamoasiga chaqirilsa — bu katta yutuq ekanligini aytgandi. Semyonov terma jamoaga chaqirildi. Menimcha, bu ham ko‘rsatkich. Natijalarga keladigan bo‘lsak, “Paxtakor” bilan kurashish qiyin. Shunda ham biz ularga doim kurash taklif qilganmiz. Muxlislardan minnatdorman. Ular doim bizni qo‘llab-quvvatlagan. Vaziyat bunday tus olganidan afsusdaman.

    O‘zbekiston futbol rahbariyatiga maslahatlari

    Professional jamoalar boshqaruvini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Ba’zi jamoa rahbarlari davlat ajratgan mablag‘larni samarasiz ishlatmoqda. Musobaqa va klublar boshqaruvida noprofessional menejmentni ko‘ramiz. Buning oqibatida o‘zbek futbolining darajasi tushishi mumkin. Rossiyada ham shunaqa vaziyat. Professionallar yetishmaydi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi qadriyat, imkoniyat va maqsadlardan kelib chiqib futbolni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqishi lozim. Masalan, nemis yoki niderlandcha modelni Rossiya futboliga olib kirsak, terma jamoamiz Germaniyaga aylanmaydi-ku.

    O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi va o‘ynashadi. Zaxira tayyorlashning samarali usullari va Yevropaning kuchli ligalariga futbolchilar yetkazib berish imkoniyatlari mavjud. Masalan, Ahmedov, Shomurodov yoki O‘runovni olaylik. Afsuski, O‘zbekistonda professional menejerlarni tayyorlash darajasini oshirish uchun sharoit yaratilmagan. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib amin bo‘ldimki, federatsiya va liga rahbariyati ta’lim dasturini ishlab chiqishi va o‘zbek futboli faxriylariga menejment, iqtisodiyot va sport huquqi kabilarni o‘rgatishi kerak. Shunda davlat va biznes boshqaruvida tavakkalchiliklar va moliyaviy yo‘qotishlar kam bo‘ladi. Noprofessionallik va ochko‘zlik musobaqalar rivojiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun mamlakatda futbolni yaxshi tushunadigan sifatli boshqaruvchilar kamyob. Xuddi shunday kadrlarni yetishtirish lozim.

    Andrey Kanchelskis, “Navbahor” sobiq bosh murabbiyi

    Mavzuga doir: 

    • Andrey Kanchelskis “Navbahor” tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida: “Ular hammasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi”
    • Andrey Kanchelskis nima sababdan “Navbahor”dan ketganini aytdi
    • “3-4 kunlab mast holda xonasidan chiqmagan va klubni provokatsiya qilish uchun atayin maoshini vaqtida olmagan”. “Navbahor” Andrey Kanchelskisning iste’fosi haqida
    • “Navbahor”, Belenkov va 520 ming dollar mashmashasi haqida

    30.08.2021, 23:01   Izoh (0)   20561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokioda o‘tgan yana bir sermahsul kun, ijaraga berilgan Jasur Yaxshiboyev, “Real”ga o‘tishi uchun 1 kun qolgan Mbappe. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.08.2021, 22:15

    Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida “ichi qora” odamlar bor edi

    30.08.2021, 20:01

    Tokio—2020. Shohsanam Toshpo‘latova para-suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi

    30.08.2021, 16:17

    Tokio—2020. Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Nurxon Qurbonovada bronza

    30.08.2021, 11:21

    Liga 1. Lionel Messi debyut qilgan o‘yinda “PSJ” Kilian Mbappening dubli evaziga g‘alaba qozondi

    30.08.2021, 02:14

    A Seriya. “Roma” Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Milan” va “Napoli”da ham g‘alaba

    30.08.2021, 02:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.