Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 30-avgust, dushanba kuni davom ettirildi.
Para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Boburjon Omonov 14.06 metr natija qayd etgan holda paralimpiya rekordini yangiladi. Bu borada jahon rekordi ham Omonovning o‘ziga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini o‘rnatgan edi.
Para-yengil atletika bo‘yicha F54 toifasida yadro uloqtirish bo‘yicha kechgan bahsda Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 14 taga yetdi — 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.
Izoh (0)