• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sayyohlarsiz va Sharq taronalarisiz qolgan Samarqand

    Yer yuzida pandemiya ta’sir qilmagan hudud, uning aloqasi bo‘lmagan soha, uni la’natlamagan odam qolmadi hisob. Jumladan, Samarqand ahlining ham aksari (balki barchasining ham) turmush tarzi aynan shu balo tufayli o‘zgardi. Pandemiya Samarqandning faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan an’analariga ham putur yetkazdi hatto. Bu shaharni azaldan bilgan kishi ko‘hna ko‘chalar oralab hayotni kuzatganida buni sezishi qiyin emas.

    Koronavirusdan qochgan festival

    Issiqning tafti biroz qaytib, oqshom cho‘kayotganida Registonga chiqaman. Go‘daklarini aravachasida aylantirib yurgan yosh onalar, davra-davra yoshlar, velosipedda uchayotgan bolalar, samarqandlik emasligi bilinib turgan uch-to‘rt nafar mehmon... Ochig‘i, odam kam emas — ulkan maydonda 100 dan ortiq kishini chamalash mumkin. Oqshomgi sokin Registonni kuzatishardi ular. Odatdagi kunlardan biri bu.

    Foto: “Daryo” / Mustahkam Tangriyorova

    Aslida bu — toq sonli — yilda Registon hozirgidan-da, bayramonaroq shukuhga to‘lishi kerak edi. 1997-yildan beri har ikki yilda bir, Mustaqillik bayrami arafasida — avgust oyining so‘nggi haftasida — bu yerda xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘tkazilardi. Ammo o‘nlab mamlakat vakillari qatnashib kelgan musiqa tanlovining bu yilgisi hammaga ayon, sabab — pandemiya tufayli o‘tkazilmadi (Madaniyat vazirligining Konsert va tomoshalar boshqarmasi boshlig‘i Farrux Botirovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2021-yilgi “Sharq taronalari” 2022-yilga qoldirilgan).

    “Sharq taronalari”ning birinchisi o‘tkazilgan yilda tug‘ilgan bolalar bu yil 24 ga to‘ldi, to‘lyapti. Bu vaqt ichida Samarqandda mazkur festival bilan bog‘liq o‘ziga xos tabiiy an’analar shakllangan edi. Hali saraton kirmayoq, ustalar “taqa-tuq” qilib sahna o‘rnatishga kirishar ekan, shahar ahli, ayniqsa, yoshlar, bolalar, san’at ixlosmandlari hech qayerda e’lon qilinmagan, haqiqiy xalq sayli, bayram yaqinligini his etishar, bir-birovlariga eslatishardi.

    Keyin repetitsiyalar boshlanar, festivaldagi sahnalar, qo‘shiqlar har kuni takrorlanaverardi. Shunda festivalning o‘ziga kirish imkoni yo‘q aholining asosiy qismi yasan-tusan qilib maydonga kelar, Registon tungi soat 11—12 gacha shu qadar gavjum bo‘lardiki (ehtimol, minglab odam yig‘ilardi), atrofdagi muvaqqat o‘rnatilgan kabobxonayu muzqaymoqxonalarda, fastfud nuqtalaridagi girgittonlarning qo‘li qo‘liga tegmasdi.

    Amfiteatrga kirish mumkin bo‘lmasa-da, bepul konsertni uzoqdan bemalol tomosha qilish mumkin, maydondan yangrayotgan kuy-qo‘shiq ovozi madrasalar devorlari bo‘ylab o‘ynayotgan chiroq shu’lalari atrofdagi mahalla-mavzelarni salkam bir oy “bezovta” qilardi. Mashhur san’atkorlarning konsertlariga borishga imkoni yo‘q samarqandlik uy bekalaridan tortib, faqat konsert uchun Toshkentga qatnaydigan xonimlargacha hammasi shu yerda bo‘lardi. Kamiga kelin izlayotgan soddaroq ayollarni ham uchratardingiz, boisi Samarqanddagi oliygoh va kollejlarning bo‘ydor, “yarq” etib ko‘zga tashlanadigan hamma qizlari festivalning ommaviy sahnalariga jalb qilinardi.

    “Har yomonning bir yaxshisi bor” deganlaridek, pandemiya “sharofati” bilan Registon bu yil detonatsiyadan, rezonansdan qutuldi, deb xursand bo‘layotgan shaharliklar ham bor. Bayramona festival, u bahona shaharga ko‘plab xorijiy mehmonlar kelishi yaxshi, ammo tomosha oxirida bo‘ladigan katta mushakbozlik, Samarqandning tarixiy obidalari taqdiriga befarq bo‘lmagan aholi fikricha, muammo edi. Xususan, 2001-yilgi festivaldan so‘ng Samarqand viloyat Tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish davlat nazorati xizmati qoshidagi Ekspert kengashi “Sharq taronalari” doirasidagi mushakbozlik Registondagi madrasalarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xulosa bergan.

    Chegirmaga ishlayotgan, lekin baribir huvillagan mehmonxonalar

    Samarqand necha o‘n yillardan beri O‘zbekistonning bosh sayyohlik shahri. Shahar to‘la mehmonxona — Eski shaharda ham, xalq orasida “yangi shahar” deb nom olgan hududda ham, tor ko‘chalarda ham, keng yo‘llar bo‘yida ham, oddiy uylarda ham, xullas, hammayoqda mehmonxona. Men istiqomat qiladigan mahallada ham nomi chiqib ulgurgan bir necha mehmonxona bor, ayrimlari ish boshlaganiga bir necha o‘n yil bo‘ldi. O‘ziga yarasha yaxshi biznes, ammo koronavirus ishning beliga tepdi, ko‘plab rejalarni buzib yubordi.

    Samarqanddagi obida va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar soni ikki yil avvalgiga nisbatan sezilarli kamaygan. Registon ansambli mustaqil direksiyasi rahbari Xonqul Samarovning ta’kidlashicha, “pandemiya sabab Registonga keluvchilar soni keskin kamayib ketgan”. “Bugungi mehmonlarimiz, asosan, yakka sayyohlar. To‘g‘ri, karantin biroz yengillashgach, ichki turizm bir jonlangandek bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, tashrif buyuruvchilar soni avvalgi oqimning yarmini ham tashkil etmaydi”, — deydi u.

    Samarqand Registoni, 2019-yil 28-sentabr.

    Samarqand Registoni, 2019-yil 28-sentabr.
    Foto: Eduardo Teixeira de Sousa / 500px
    Mahallamdagi mehmonxonalarni tashqaridan kuzataman. Ular orasida eng talabgir hisoblanganining avtoturargohida ikki yil avval o‘ndan ziyod mashina turardi. Hozir bo‘lsa, ikkitagina mashina turibdi, shunda ham bittasi mehmonxona sohibiniki; oqshomlari ko‘chaga qaragan xonalarning yakkam-dukkamida chiroq yonadi.

    Go‘ri Amir maqbarasiga tutash “Xon Said Imom” mahallasida yashovchi Komil Ashurov yaxshi niyat bilan kredit olib, chog‘roqqina hovlisidagi eski imoratlar o‘rniga inturistga yoqadigan qilib uch qavatli mehmonxona qurgandi. Qurilishda akasi bilan birga korjoma kiyib, birga loy qordi. Rafiqasi yurist — hujjatlar risoladagidek qilib rasmiylashtirildi. Ne baloki, hali bitta ham mehmon qabul qilinmay, karantin boshlandi. “Har zamonda bir soliqchi kelib turadi. Ahvolni tushuntiraman, xonalarni ko‘r, deyman. Tushungan bola ekan, indamay ketadi-yu... ulardan ham talab qilishadi-da”, — deydi Komil aka, ehtimol, ichida koronavirusni yana bir bora so‘kib.

    “Booking.com”, TripAdvisor, Expedia kabi servislarni “varaqlasangiz”, Samarqandda 200 dan ortiq mehmonxona “keling, mehmon!”, deb turganiga guvohi bo‘lasiz. Ammo Komil Ashurovning uy-mehmonxonasi hozircha bu ro‘yxatlarda yo‘q va internetdagi bu ro‘yxatlarga kirmagan yagona mehmonxona ham emas u (endi shaharda qancha “karvonsaroy” borligini tasavvur qilavering). Raqobat zo‘r, mijoz esa sanoqli, shu bois ayrim mehmonxonalar katta chegirmalar e’lon qilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, karantin yumshatilgach, sayyohlar soni haminqadar ko‘paygan, biroq ularning deyarli qo‘shni viloyatlardan shaharni bir kunda ko‘rib, qaytib ketadigan — mehmonxonaga ehtiyoj sezmaydigan mehmonlardir.

    Yevropalik egalarini kutayotgan esdalik sovg‘alar

    Eshitganmisiz yoki yo‘q, shunday naql bor: “Siyob bozoriga kirmabsiz — Samarqandga kelmabsiz”. Ammo bozor atrofida yashovchilar bu gapga e’tibor ham bermaydi — ular bozorga Samarqandni ko‘rgani emas, zarurat uchun boradi. Bozor bizning uyimizdan piyoda borganda ko‘pi bilan 10 daqiqalik yo‘l. Yayov borarkanman, o‘tgan yilning yoz fasli arafasidagi manzarani xotiramda tiklayman.

    2020-yil may oyida, kuchaytirilgan karantin davrida Siyob bozoriga kirish jarayoni.

    2020-yil may oyida, kuchaytirilgan karantin davrida Siyob bozoriga kirish jarayoni.
    Foto: “Daryo” / Mustahkam Tangriyorova

    Kuchaytirilgan karantin, ko‘chada mashina tugul odam yo‘q, yo‘llar huvillab, kengayib qolgandek edi. Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq ahvol hozir ham o‘tgan yil may—iyunidagidan yomon bo‘lsa yomonki, aslo yaxshi emas, ammo endi bozor gavjum, uning atrofi mashinalarga to‘la. Kamiga butun shahar bo‘ylab kavlab tashlangan yo‘llar tufayli asabbuzar, chang-to‘zonli tirbandliklar yuzaga kelgan.

    Bozorga yaqinlashar ekanman, taqqoslashda davom etaman. O‘tgan yili bozor darvozasi oldida turgan dezinfeksiya tunneli hozir yo‘q (aslida undan foyda ham yo‘q edi, buni oxiri rasmiylarimizning o‘zlari ham tan olishgan). IIB xodimlari patrul mashinasida o‘tirib olib, koronavirusdan ogoh bo‘lish haqidagi da’vatlarni o‘qimay qo‘yganiga ham ancha bo‘lgan. Talab hali rasman bekor qilinmagan bo‘lsa-da, hozir ustingizdan birov suv (rostan dorili bo‘lganmikin?) purkamaydi, isitmangizni ham o‘lchamaydi.

    Siyob bozori darvozasi oldidagi manzara. 2021-yil, iyun.

    Siyob bozori darvozasi oldidagi manzara. 2021-yil, iyun.
    Foto: “Daryo” / Mustahkam Tangriyorova

    Erta bo‘lsin yo kech bo‘lsin, Siyob sayyohlarsiz qolgan kun bo‘lmagan. Ammo bu ham endi pandemiyagacha bo‘lgan gap, albatta. Sayyohlarni ko‘proq pista-bodom, turli sharqona shirinliklar sotiladigan rastalar yonida uchratish mumkin edi: ko‘zlarida hayrat, qay biri suratga olgan, boshqasi videoga... Bugun bu rastalarda bozorchi bor-u, sayyoh kamyob. Samarqand viloyat Turizm va sport boshqarmasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, 2019-yili shaharga 560 ming nafar xorijlik turist kelgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 51 970 nafarni — bir yil avvalgiga nisbatan salkam 11 barobar kamroqni tashkil etgan.

    Siyob garchi dehqon bozori hisoblansa-da, “Bibixonim” madrasasi tarafdagi darvozasidan boshlab sayyohlarbop qatorasiga o‘nlab do‘konlar joylashgan. Do‘kondorlar ertalab mahsulotlarining bir qismini tashqariga yoyadi. Bu do‘konlar ayniqsa yoz oqshomlarida gavjum bo‘lardi. Shu bois har do‘konda sotuvchining ikki-uch yordamchisi ham bo‘lardi. Hozir esa do‘kon egalari bekorchilikdan tashqariga chiqib o‘tiribdi.

    Foto: “Daryo” / Mustahkam Tangriyorova

    “Pandemiyadan avval Germaniya, Fransiyadan katta-katta guruhlar kelardi. Hammasi do‘konga birdan kirib kelsa, ulgurolmay qolardik. Hozir xorijdan kelayotgan bo‘lsa ham, ikki-uch kishi bo‘lib kelyapti. Ichki turizm deysizlar, ammo boshqa viloyatdan kelganlar do‘konga kirib, faqat tomosha qilib chiqib ketadi”, — deydi ismini aytishni istamagan yoshi kattaroq sotuvchi ayol. “Ijaraga 3 million so‘m beramiz, buyoqdan soliqni to‘la deydi. Yordamchilarga ham javob berganmiz. Ko‘pincha o‘tirib-o‘tirib ketamiz. Noshukrchilik bo‘lmasin — ro‘zg‘orni amal-taqal qilib tortishga yetib turibdi”, — deydi uning sherigi.

    Foto: “Daryo” / Mustahkam Tangriyorova

    Sayyohlar tashrifining kamayishi Samarqanddagi boshqa kasb egalarining ham turmush tarziga ta’sir ko‘rsatgan. Xorijiy mehmonlar bo‘ladigan joylar atrofidagi kafe va restoranlar xodimlari ham ishlari sustlashganini aytadi. Sayyohlarni lyuks sharoitli ulovlarida olib yurgan haydovchilar endi el qatori kirakash. Tarjimon va gidlar esa xuddi katta ta’tilga chiqqandek taassurotda. Nemis sayyohlarga tarjimonlik qiluvchi kelinning aytishicha, qizalog‘i kattagina bo‘lib qolganiga qaramay, ikkinchi farzandni dunyoga keltirishga vaqti bo‘lmay turgan ekan — pandemiya bahona o‘g‘ilchali bo‘libdi. Turistlar kela boshlagach, u bolasini enagaga berib, ishga chiqmoqchi.

    Ko‘hna Samarqandda hamon koronavirus sang‘imoqda (yodingizda bo‘lsa, iyunda viloyat kasallanishlar soni bo‘yicha pandemiya boshidan beri doimiy ikkinchi bo‘lgan Toshkent viloyatidan o‘zib ketgan edi, hozir ham, taxminan, shunday “yetakchi”). Odamlar bevaqt o‘limlar (ayniqsa yoshlar orasida) ko‘paygani haqida gapiradi. Shifokorlarning aytishicha, aholining vaksina olishga bo‘lgan ishtiyoqi, har holda, Toshkentdagidan yaxshiroq, ammo baribir yetarli darajada emas.

    29.08.2021, 18:33   Izoh (0)   91426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida YPX xodimi xizmat mashinasining mayoqchasini yoqib qo‘yib, shaxsiy maqsadda foydalanganiga izoh berildi

    29.08.2021, 17:32

    SSV xorazmlik ayolning salomatligidagi o‘zgarishlar koronavirusga qarshi emlash bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi

    29.08.2021, 16:20

    “O‘zbekistonda qonun yo‘q”, deya norozilik bildirilayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

    29.08.2021, 15:09

    Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia va uning haydovchisi qutqarildi

    29.08.2021, 14:08

    Surxondaryoda Malibu haydovchisi harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ga qarata to‘pponchadan o‘q uzdi

    29.08.2021, 13:07

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: Chodakning betakror tarovati va ming yillik sirlari (foto va video)

    29.08.2021, 12:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.