• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda, ammo statistika bo‘yicha poytaxtdagi vaziyat ikki oy avvalgidan ko‘ra yaxshi. Eng og‘ir vaziyat Surxondaryoda, Samarqand esa ilk bor 2-o‘rinda

    Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi ikki oyda yaxshilangan, xususan, 1-iyul kuni poytaxtda so‘nggi bir oy ichidagi eng past kasallanish ko‘rsatkichi (99 kishi) qayd etildi. Buni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishiga doir rasmiy statistik ma’lumotlar ko‘rsatmoqda.

    Doimiy o‘choqlar

    Rasmiy statistikaga ko‘ra, Toshkent shahrida aprel oyida 5072 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan (30-aprelning o‘zida poytaxtda 259 kishida kasallik tasdiqlangan — taqqoslash uchun, 9-iyun kuni butun O‘zbekiston bo‘yicha 243 kishida koronavirus aniqlangan). May oyida Toshkentdagi kasallanish ko‘rsatkichi 4660 ni tashkil etgan (aprelga nisbatan 412 taga kam).

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Iyun oyida esa Toshkent shahrida kasallanish ko‘rsatkichi may oyidagidan ham pastroq bo‘lgan — qayd etilgan 3968 ta holat maydagi ko‘rsatkichdan 692 taga, apreldagi “natija”dan esa 1104 taga (yoki salkam 23 foizga) kam. Toshkent viloyatida ham qariyb shunday holat — hududda iyundagi kasallanishlar soni maydagiga nisbatan 16,7 foizga kamaygan.

    Shu bois Samarqand viloyati birinchi marta kasallanishlar soni bo‘yicha Toshkent viloyatini ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi (birinchi o‘rinda pandemiya boshidan beri Toshkent shahri turadi) — viloyatda iyunda 1328 holatda koronavirus tasdiqlangan. Bu maydagi “natija”dan 70 taga kam, biroq o‘sish sur’ati Toshkent viloyati bilan taqqoslaganda baribir yuqori.

    Yangi o‘choqlar

    SSVning 1-iyul va 2-iyul yakunlari bo‘yicha bergan hisobotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1-iyul — 47 ta), Andijon (2-iyul — 38 ta), Buxoro (2-iyul — 45 ta), Navoiy (2-iyul — 8 ta) va Sirdaryo (2-iyul — 23 ta) viloyatlarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha 2021-yil hisobidan mutlaq antirekordlar qayd etilgan. Iyunning ikkinchi yarmida Jizzax (30-iyun — 41 ta), Namangan (30-iyun — 43 ta), Samarqand (25-iyun — 90 ta), Surxondaryo (19-iyun — 74 ta), Farg‘ona (29-iyun — 60 ta), Xorazm (26-iyun — 49 ta), Toshkent (25-iyun — 94 ta) viloyatlarida yil antirekordlari o‘rnatilgan edi. Aynan shu antirekordlar sabab 2021-yilda birinchi marta O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni bir oyda 10 ming kishidan oshdi.

    <strong>O‘zbekistonda 2021-yilning iyun oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).</strong> <strong>Qizil rang</strong> bilan u yoki bu hududda shu oyda qayd etilgan eng yuqori kasallanish ko‘rsatishi (antirekord), <strong>moviy rang</strong> bilan eng past ko‘rsatkich ajratib ko‘rsatilgan; oy davomida ikki va undan ortiq marta bir xil eng yuqori yo eng past ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, so‘nggisi tanlangan. Agar oy davomida hududda kamida bitta “kovidsiz kun” qayd etilgan bo‘lsa, shu kun “natijasi” “eng past ko‘rsatkich” deb olingan — “kovidsiz kun”lar <strong>yashil</strong> bilan ko‘rsatilgan.

    O‘zbekistonda 2021-yilning iyun oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida). Qizil rang bilan u yoki bu hududda shu oyda qayd etilgan eng yuqori kasallanish ko‘rsatishi (antirekord), moviy rang bilan eng past ko‘rsatkich ajratib ko‘rsatilgan; oy davomida ikki va undan ortiq marta bir xil eng yuqori yo eng past ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, so‘nggisi tanlangan. Agar oy davomida hududda kamida bitta “kovidsiz kun” qayd etilgan bo‘lsa, shu kun “natijasi” “eng past ko‘rsatkich” deb olingan — “kovidsiz kun”lar yashil bilan ko‘rsatilgan.
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    Iyun oyi yakunlari bo‘yicha xulosa qilinsa, eng og‘ir vaziyat Surxondaryo viloyatida yuzaga kelganini ko‘rish mumkin — viloyatda may oyida bor-yo‘g‘i 65 ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, iyun oyida 837 ta — may oyiga nisbatan 772 taga yoki 1187 foizga yoki salkam 13 barobarga ko‘p — kasallanish holati ro‘yxatga olingan. Taqqoslash uchun, 2021-yilning dastlabki besh oyida Surxondaryo viloyatida jami 230 ta (birgina iyundagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobarga kam) holatda COVID-19 aniqlangan edi. “Daryo” manbalari, viloyatdagi mushtariylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryoda oilaviy kasallanish holatlari ko‘paygan, vafot etgan bemorlar ham oz emas.

    O‘zbekistonda 2021-yilning may oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).

    O‘zbekistonda 2021-yilning may oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    Surxondaryodan tashqari Jizzax viloyatida (mayda — 156, iyunda — 518) kasallanish holatlari 3 martadan ko‘proqqa, Buxoro (mayda — 129, iyunda — 357) va Qashqadaryo (mayda — 134, iyunda — 342) viloyatlarida qariyb 3 martaga, Namangan (mayda — 154, iyunda 315) va Farg‘ona (mayda — 255, iyunda — 575) viloyatlarida esa deyarli 2 barobarga oshgan. Rasmiy statistika bo‘yicha iyun oyida kasallikka chalinish (may oyiga nisbatan) faqat Toshkent shahrida (14,8 foizga), Toshkent (16,7 foizga) va Samarqand (5,01 foizga) viloyatlarida kamaygan.

    O‘zbekistonda 2021-yilning aprel oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).

    O‘zbekistonda 2021-yilning aprel oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    O‘zbekistonda 2021-yilning mart oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).

    O‘zbekistonda 2021-yilning mart oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    O‘zbekistonda 2021-yilning fevral oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).

    O‘zbekistonda 2021-yilning fevral oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).

    O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar oyida qayd etilgan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni, hududlar kesimida (SSV ma’lumotlari asosida).
    Jadvalni kattaroq hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    E’tiborga molik jihat — Jizzaxda 2021-yil yanvar—may oylarida koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq jami 377 ta holat ro‘yxatga olingan bo‘lsa, iyunning o‘zida 518 ta holat qayd etilgan. Qashqadaryo (besh oyda — 233 ta, iyunda — 342 ta) va Farg‘ona (besh oyda — 462 ta, iyunda — 575 ta) viloyatlarida ham shu manzara. Qoraqalpog‘iston (besh oyda — 364 ta, iyunda — 274 ta), Buxoro (besh oyda —373 ta, iyunda —357 ta), Navoiy (besh oyda —169 ta, iyunda —103 ta), Namangan (besh oyda —370 ta, iyunda —315 ta) va Xorazmdagi (besh oyda — 438 ta, iyunda — 311 ta) ko‘rsatkichlar ham shunday ayanchli manzaraga yaqinroq, deyish mumkin.

    Nimalar qilinmoqda?

    Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Toshkentda aprel—may oylarida vaziyat og‘irroq edi, biroq respublika bo‘yicha vaziyat aynan may—iyun oylarida keskinlashgan (jamoatchilik fikricha, bu so‘nggi haftalarda hududlarda o‘tkazilgan festivallar va boshqa ommaviy tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin). Shu bois 2020-yil bahorida joriy etilgan va shu vaqtgacha hali hech to‘liq bekor qilinmagan karantin 2021-yil 28-iyunidan nisbatan kuchaytirilishi, xususan, Toshkentga viloyatlardan kirish-chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi e’lon qilindi (amalda bu choralarning faqat yemakxonalar faoliyatini 20:00 dan keyin cheklash qismi sezilarli ishlamoqda, xolos; Qashqadaryoda bu cheklov soat 22:00 gacha uzaytirilgan).

    Shuningdek, iyul oyidan boshlab Toshkent shahrida o‘tgan yil yozida tashkil etilgan, keyinchalik kasallanish holatlari kamaygach, konservatsiya qilingan vaqtinchalik kovid-markazlar faoliyati qayta tiklana boshladi. Ayrim viloyatlarda iyun oxiri — iyul oyi boshida kasallanish bo‘yicha yangi antirekordlar qayd etilayotgani e’tiborga olinsa, yaqin vaqt ichida viloyatlarda ham vaqtinchalik kovid-markazlar faoliyati qayta tiklanishi, ayrim hududlarda (ehtimol, respublika bo‘yicha) karantin choralarini nisbatan qat’iylashtirish, belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi qarorlar chiqarilishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.

    Mavzuga doir: Zangiotadagi kasalxona to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan joyda 2,5 mingdan ortiq bemor davolanmoqda

    03.07.2021, 14:12   Izoh (0)   52915
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada YPX inspektoriga 2 mln so‘m pora bergan haydovchi qo‘lga olindi

    03.07.2021, 13:33

    Namangandagi oliy o‘quv yurtlari 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

    03.07.2021, 13:11

    Davlat test markazi kirish imtihonlarini o‘tkazishdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi

    03.07.2021, 12:10

    Buxoro hokimi Botir Zaripovning koronavirusga chalingani tasdiqlandi

    03.07.2021, 11:38

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 78 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    03.07.2021, 11:11

    Zangiotadagi kasalxona to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan joyda 2,5 mingdan ortiq bemor davolanmoqda

    03.07.2021, 10:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.