Hafta davomida dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Madrid hayvonot bog‘ida suvga sakrayotgan kaputsin.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida quyosh chiqishini tomosha qilayotgan mahalliy sayyohlar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Xitoydagi xom tuz qazib olish jarayoni.

Foto: Getty Images

Ispaniyadagi Malaga shahrida o‘tkazilayotgan korrida.

Foto: “TASS”

Gay Jantra festivalida qatnashayotgan tibbiy niqob taqib olgan nepallik bolalar.

Foto: Getty Images

Angliyaning Glostershir grafligidagi fermada yashovchi alpaka.

Foto: Getty Images

Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasidagi basketbol musobaqasida AQSh va Germaniya terma jamoasi bahs olib bormoqda.

Foto: Getty Images

Vankuver akvariumidagi ulkan arktika meduzasi.

Foto: Getty Images

Extinction Rebellion ekologik faoli Bukingem saroyi yonidagi norozilik namoyishi chog‘ida soxta qonga bo‘yalgan favvorada plakat ushlab turibdi.

Foto: Reuters

Turkiyaning Alaniya shahri sohilidagi yashil dengiz toshbaqalari.

Foto: Getty Images

Frankfurt aeroportida Toshkent orqali afg‘onistonlik qochqinlarni olib kelgan oxirgi samolyotdan tushgan ayol nemis politsiyachisi ortidan ketmoqda.

Foto: Reuters

Kaliforniyadagi yong‘inlarni bartaraf etishda qatnashayotgan o‘t o‘chiruvchi vertolyot.

Foto: Getty Images

Yaqinda evakuatsiya qilingan afg‘on bolalari uchun AQShning Ramshteyn qochqinlar bazasida gitara chalib o‘tirgan AQSh askari.

Foto: AP Photo

Nyu-Jersiga urilgan “Genri” to‘fonidan so‘ng suv toshqini yuz bergan shahar ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan qutqarish bo‘yicha ko‘ngilli ekipaj a’zosi.

Foto: AFP

Fransiyaning Bretan viloyatidagi Loktudi shahrida dengiz mayog‘i ustida ko‘tarilayotgan quyosh.

Foto: Reuters

Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi Lincoln Finance maydonida “Filadelfiya burgutlari” regbi jamoasi a’zosi bosh kiyimidagi beshiktervatar.

Foto: Reuters

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining yangi tarkibi 2021-yil 21-avgustda Panjsher viloyatining Dara tumanidagi Bandejoy hududida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotda qatnashmoqda. Vodiyda qarshilik harakatini tuzgan Afg‘oniston sobiq hukumati kuchlari “uzoq muddatli mojaroga” tayyorgarlik ko‘rmoqda, lekin ayni paytda “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazmoqchi, dedi ularning matbuot kotibi Ali Maysam Nazariy AFP’ga bergan intervyusida.

Foto: AFP

Sidneydagi Bronte-Bich plyaji yaqinida syorfing bilan shug‘ullanayotgan odam.

Foto: Getty Images

Tibbiyot xodimlari COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni Kezonda reanimatsiya bo‘limiga aylantirilgan ibodatxonada davolamoqda. Filippindagi shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun to‘shak yetishmayapti.

Foto: Getty Images

Braziliyaning Braganka-Paulista shahrida Yaguari to‘g‘onining orqasidagi suv omboriga sakrayotgan kapibara.

Foto: AP Photo

Quyoshda quritilgan pomidor maydonining ko‘rinishi. Mavsumiy ishchilar pomidorlarni Turkiyadagi Izmir shahrining Torbali tumanida qayta ishlaydi.

Foto: Getty Images

Fransuz fermeri Olivye Chatellier Nant shahri yaqinidagi omborda saqlanadigan bug‘doy donalari ustida yurib ketmoda.

Foto: Reuters

Sidney shahrining Burvud tumanidagi ko‘chada parkur bilan shug‘ullanayotgan yigit.

Foto: Getty Images

Kaliforniya baliqlar va yovvoyi tabiat bo‘limi ofitseri Pasadena shahridagi uy tomiga chiqib olgan ayiqqa tinchlantiruvchi dorini miltiqda otishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Reuters

Braziliya tub aholisi o‘z yerlarini himoya qilish uchun norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Vengriyadagi ertalabki tuman. Yevropada anomal issiqlik chekinib, ob-havo mo‘tadillashmoqda.

Foto: EPA