O‘zbekistonda qaysi jins vakillari ko‘proq ekani haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot e’lon qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 1991-yilda O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning 1-yanvar holatiga 49,7 foizni tashkil etgan.
2021-yilning 1-iyul holati bo‘yicha respublikaning doimiy aholisi 34 860 170 kishini tashkil etmoqda. Ulardan:
- 17,3 millioni — ayollar;
- 17,6 millioni — erkaklar.
Izoh (0)