• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hozir Vladimir Zelenskiyning Ukrainadagi asosiy raqibi — Kiyev meri Vitaliy Klichko. Nima uchun ular bir-biriga dushman va bu nima bilan tugashi mumkin?

    Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligiga saylanganidan buyon uning Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan munosabatlari keskin edi. Ziddiyat biroz vaqtga bosilgandi, ammo endi yana kuchayib ketdi. Zelenskiy Kiyev hukumatini korrupsiyada ayblamoqda va Klichkoni shahar hukumati rahbari lavozimidan olib tashlamoqchi, Klichko esa bu rejalarni Viktor Yanukovich uslubidagi konstitutsiyaga zid niyatlar deb hisoblaydi. Ekspertlar fikricha, ziddiyat ortida Zelenskiy jamoasining 2024-yilgi saylovlarda prezident raqiblari aynan Klichko atrofida to‘planishi mumkinligi haqidagi xavotirlari turibdi. Ammo Kiyev merining g‘olib bo‘lish ehtimoli hozircha juda past, deb yozadi Meduza.

    Vitaliy Klichko

    Vitaliy Klichko
    Foto: AFP

    O‘tgan bir hafta ichida Kiyev meri Vitaliy Klichko ikki marta Ukraina OAVlari diqqat markaziga tushdi. 20-avgust kuni u Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisiga kelishdan bosh tortdi, chunki xizmat safari bilan Kiyevdan chiqib ketgan edi, taklifnoma esa unga yig‘ilish boshlanishidan ikki soat oldin yuborilgan. Prezident idorasida Klichkoning xatti-harakatlari sabotaj (ishdan bo‘yin tovlash) deb baholandi, uning kutilmagan safarini “piar-topshiriq” deb atashdi, Kiyev hukumatining o‘zi esa “voqelikdan uzoqda” deb hisoblandi.

    Ikki kundan keyin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashish uchun Kiyev aeroportiga kelgan Klichko u yerga kiritilmadi, uning tegishli ro‘yxatlarda yo‘qligi pesh qilindi. Klichko kuch bilan kirib olishga urinmadi, biroq protokolning bu tarzda buzilishidan o‘ta hayratda ekanini bildirdi.

    O‘zi bokschi Klichko qanday qilib Kiyev meriga aylangan?

    Vitaliy Klichkoning Kiyev meriyasigacha bosib o‘tgan yo‘li uzun va murakkab bo‘lgan. Taniqli bokschi shahar saylovlarida birinchi marta 2006-yildayoq qatnashgan va g‘ayrioddiy populist, bankir Leonid Chernovitskiyga yutqizgan. Klichko o‘zining sport sohasidagi mashhurligi va yevropaparast imijidan foydalanib, o‘shanda yoshlar va o‘rta sinfdan umid qilgan edi, uning tajribaliroq raqibi esa ancha ishonchliroq saylovchilar — pensionerlar bilan ishlagan. Chernovitskiyning shtabi kiyevlik kampirlarga kalendarlardan tortib, grechkalargacha bo‘lgan oddiygina sovg‘alarni tez-tez tarqatib turardi. 2008-yilda o‘tkazilgan muddatidan avvalgi saylovlarda tarix takrorlandi: Klichko mag‘lub bo‘ldi, Chernovitskiy mer lavozimida qoldi.

    Lekin Klichko yaxshigina umummilliy karyera qilishga erishdi — uning ramziy va biroz parodiyali nomga ega UDAR partiyasi (Ukraina islohotlar demokratik alyansi) 2012-yilda parlament saylovlarida uchinchi o‘rinni egalladi, Klichkoning o‘zi uning fraksiyasi yetakchisiga aylandi. Kelasi yili muxolifat Klichkoni 2015-yil boshiga rejalashtirilgan prezident saylovlariga ilgari surish imkoniyati haqida muzokaralar o‘tkazishni boshladi.

    Biroq tez orada Kiyevda Yevromaydon boshlandi va Klichko mitingli norozilik yetakchilaridan biriga aylandi. Viktor Yanukovich mamlakatdan qochib ketib, inqilob g‘alaba qozongach, Klichko uchun prezidentlikka yo‘l ochilgandek bo‘ldi. Ammo 2014-yil martida u kutilmaganda prezident saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi va yana Kiyev meri bo‘lish istagini bildirdi. Keyinroq uning prezident etib saylangan Pyotr Poroshenko bilan norasmiy kelishuvlari haqida ma’lum bo‘ldi (ukrainalik oligarx Dmitriy Firtashning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu kelishuvda vositachilik qilgan, chunki hokimiyat tepasiga Yuliya Timoshenko kelishini istamagan).

    O‘sha yilning mayida Klichko qiyinchiliksiz shahar saylovlarida g‘alaba qozondi va shundan beri Kiyev meri lavozimida qolmoqda, orada ikki marta qayta saylanishga ham muvaffaq bo‘ldi. Shahardagi tartibsiz qurilishlar va idoralardagi tuzalmas korrupsiya bo‘yicha tanqidlarga qaramay, u hamon shaharliklar orasida mashhur bo‘lib, haligacha jiddiy raqobatchilarga duch kelmagan.

    Klichko va Zelenskiy nima sababdan yaxshi munosabatlar o‘rnata olmadi?

    Pyotr Poroshenkoning prezidentligi davrida u va Kiyev meri o‘rtasida hamkorlik munosabatlari bo‘lgan. 2015—2016-yillarda Klichko hatto prezident bloki yetakchisi bo‘lgan, uning tarkibiga UDAR ham kirgan. 2019-yilda Vladimir Zelenskiyning g‘alabasidan keyin markaziy hokimiyat bilan aloqalar buzildi. G‘oliblar jamoasi barcha asosiy lavozimlardan Poroshenko tayinlagan amaldorlarni, shu jumladan, Klichkoni ham tushirishga intildi.

    Kiyevdagi hokimiyatning o‘ziga xos jihati shundaki, Klichko nafaqat shahar boshlig‘i (mer) etib saylangan, balki u mahalliy hukumat — Kiyev shahar davlat ma’muriyati (KShDM)ga ham rahbarlik qiladi. Birinchi lavozim ko‘proq vakillik sifatida bo‘lsa, Klichko haqiqiy boshqaruv dastaklariga aynan ijro etuvchi hokimiyat rahbari sifatida ega bo‘ladi. KShDMning rasmiy raisini prezident tayinlaydi, ammo 2003-yilda Konstitutsiyaviy sud davlat rahbariga tanlov qoldirmadi va ushbu lavozimga faqat saylangan merni tayinlash majburiyatini yukladi hisob.

    2010-yildayoq Viktor Yanukovich KShDM rahbari lavozimidan mer Chernovitskiyni olib tashlab, u yerga o‘z odamini qo‘ygandi. 2019-yilda Ukraina hukumati Zelenskiyga Klichko bilan ham xuddi shunday ish tutishni taklif qildi, biroq prezident o‘shanda merning iste’fosi haqidagi farmonni imzolamadi. Va agar imzolagan taqdirda ham uning konstitutsiyaviyligi yuzasidan katta shubhalar paydo bo‘lgan bo‘lardi.

    Shunga qaramay, o‘shanda Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” partiyasi shahar boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunning yangi versiyasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra, saylangan merning KShDMga rahbarlik qilishi, aksincha, taqiqlandi. Natijada Klichkoning vakolatlari sezilarli darajada cheklanishi mumkin edi.

    Yangi qonun parlamentda birinchi o‘qishdan o‘tib bo‘ldiki ham, prezident idorasida kadrlar almashuvi o‘tkazildi: Klichkoning raqibi Andrey Bogdan o‘rnini Andrey Yermak egalladi, u esa poytaxtdagi vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun Kiyev meri bilan sulh tuzishni afzal ko‘rdi. Oxir-oqibat Zelenskiyning jamoasi 2020-yilda mahalliy saylovlarda Klichkoning qayta saylanishiga to‘sqinlik qilmadi: “Xalq xizmatkori” o‘shanda ataylab kuchsiz nomzodni ilgari surdi.

    Biroq 2021-yilda Zelenskiy va Klichko o‘rtasidagi urush qaytadan boshlandi. Kiyev kuchlari merning yaqin maslakdoshlari uyida va bir qator kommunal muassasalarda tintuvlar o‘tkazdi. Huquq-tartibot organlari xodimlari mer xonadoni joylashgan uyga ham keldi, ammo keyinroq uning qo‘shnilarinikiga borganini aytib tushuntirdi. Mer ushbu “tushunmovchilik”ni unga nisbatan ruhiy bosim elementi deb atadi.

    Zelenskiyning ma’muriyati huquq-tartibot organlarining faolligi kiyevlik amaldorlarning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilayotgani bilan bog‘liqligini qayd etdi, prezidentning o‘zi Kiyev hukumatini ochiqchasiga korrupsiyada aybladi. Xususan, “Klichkoni o‘z raqibingiz deb hisoblaysizmi?” — degan savolga javob berar ekan, Zelenskiy shunday dedi: “Mening idoram rahbari pora olmaydi, shuning uchun biz u bilan raqib emasmiz”. Savol tasodifiy emasdi, Kiyev uchun kurash yana avj olishining asl sababi sifatida ukrainalik siyosatshunoslar Zelenskiyning bo‘lg‘usi prezident saylovlaridagi xavfli raqibini o‘yindan chiqarishga urinishini ko‘rmoqda. Klichkoning o‘zi ham meriyaga hujumni “Yanukovich davomchilari”ning siyosiy buyurtmasi deb hisoblaydi: “Bularning barchasi shoshma-shosharlik bilan tashkil qilingan aksiya kabi uyushtirilganga o‘xshaydi. Shov-shuv ko‘tarib, poytaxt hukumati va shaxsan menga loy chaplash uchun. Bitta narsani aytaman: siz hozir Yanukovich Chernovitskiy bilan qilgan sxemani takrorlayapsiz”.

    Klichkoning AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va uning o‘rinbosari Viktoriya Nulandning Kiyevga tashrifi chog‘ida ular bilan uchrashuvi olovga yog‘ sepdi. Zelenskiy top siyosatchilarning bir tomonlama xalqaro muzokaralariga asabiylik bilan yondashadi. Klichkoning Borispolda Merkel bilan uchrashuvga qo‘yilmagani, ehtimol, shu bilan izohlanadi.

    Klichko bilan aloqalar keskinlashishi fonida Zelenskiy mer va ma’muriyat rahbari lavozimlarini ajratish g‘oyasiga qaytdi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning ma’muriyati KShDM rahbari lavozimiga da’vogarlarni doimiy ravishda kastingdan o‘tkazib turadi. Ammo xalq orasida mashhur merga bosim o‘tkazish orqali, Zelenskiy teskari natijaga erishib, o‘zining poytaxt aholisi orasidagi obro‘siga putur yetishi mumkin. “Reyting” guruhining iyul oyidagi so‘rovi natijalariga ko‘ra, kiyevliklarning 53 foizi Klichkoga ishonadi, ayni vaqtda ularning 42 foizigina prezidentga ishonch bildiradi.

    Nima, Klichko haqiqatan ham keyingi prezident bo‘lishi mumkinmi?

    Kiyevda katta nufuzga ega bo‘lishiga qaramay, jamiyatshunoslar Klichkoning prezidentlik borasidagi istiqbollari yuzasidan unchalik ham ko‘p narsa kutmayapti. 2021-yil yanvarida uning reytingi atigi 1,5—1,8 foizni tashkil qilgan, martda esa Razumkov markazi unga bor-yo‘g‘i 1 foiz berdi. Lekin shuni yodda tutish muhimki, Klichko shu paytgacha biror marta ham mamlakat miqyosida prezidentlik kampaniyasini olbi bormagan.

    Zelenskiy reytingda yetakchilikni saqlab qolmoqda. So‘rov natijalari bo‘yicha uning reytingi 27—30 foiz atrofida — bu uning mashhurlik cho‘qqisidagi ko‘rsatkichlaridan ancha past, ammo 2019-yilgi saylovlarning birinchi bosqichida u aynan 30 foiz natijaga erishgandi. Ikkinchi bosqichni modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, ehtimoli eng katta bo‘lgan natija Zelenskiyning sobiq prezident Pyotr Poroshenko yoki rossiyaparast muxolifat yetakchisi Yuriy Boyko ustidan g‘alabasi bo‘ladi — ularning saylovchilari mafkuraviy jihatdan shunchalik farqliki, ular amaldagi davlat rahbarini ag‘darish uchun birlashishi dargumon. Nima bo‘lganda ham Zelenskiy Donbass aholisi uchun natsionalist Poroshenkodan ko‘ra yoki Galichina fuqarolari uchun moskvofil Boykodan ko‘ra kamroq yovuzlik keltiradi.

    Zelenskiyning ikkinchi muddatga saylanishi uchun (bitta muddat bilan cheklanish haqidagi dastlabki va’dalarga qaramay) tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborgan prezident jamoasi 2024-yilgi saylovlarning bunday rivojiga tayyor. U ko‘proq joker — yangi populist paydo bo‘lishidan qo‘rqmoqda, u 2019-yilda Zelenskiyning o‘zi qilganidek, Ukraina jamoatchiligining eski elitalardan charchaganidan foydalanib, shakllangan tartibni buzishidan xavfsiramoqda. Klichko — G‘arbda taniqli shaxs bo‘lib, ukrainalik oligarxlar bilan aloqalari bor va poytaxt meri sifatida mashhur. Qandaydir tashqi hodisalar oqibatida Zelenskiyning reytingi keskin pasayib ketishi yangi nomzod yaxshi start olishi uchun kifoya qilishi mumkin. Shuning uchun ham “prezident lashkari” oldindan uning imkoniyatlarini kamaytirishga urinmoqda.

    26.08.2021, 15:25   Izoh (0)   29195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Turkmaniston koronavirusning yangi to‘lqini tufayli karantinga yopilmoqda

    26.08.2021, 14:11

    “Tolibon” afg‘on ayollarini uydan chiqmaslikka chaqirdi. Chunki jangarilarga hali “ayollar bilan qanday muloqot qilish o‘rgatilmagan”

    26.08.2021, 12:37

    Uch hukmdordan ustun kelgan Napoleon Bonapart. Buyuk fransuz imperatorining faoliyatidagi so‘nggi yirik g‘alabasi — Drezden jangi

    26.08.2021, 12:24

    JSST kuz oylarida yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

    26.08.2021, 11:55

    Turkmaniston prezidenti tilla belkurak, tilla arava va tilla kapsula bilan yangi sanoat majmuasi qurilishini boshlab berdi (video)

    26.08.2021, 07:48

    AQSh—Meksika chegarasidagi “Tramp devori” yemirilishni boshladi

    26.08.2021, 06:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ma’nosi oltinga teng bo‘lgan, ammo ko‘pchilik ko‘rmagan qadrdon multfilmlar

    Kino | 21 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda Germaniya universiteti tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:00

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45

    Yangi iPhone 18 Pro va Pro Max’ning old kamerasi ko‘rinmas bo‘ladi

    Texnologiyalar | 21 iyun, 13:25

    Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qo‘shni yigit qutqardi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 13:00

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari Maryam Uzerli va Kaan Urganjiog‘lu yangi serialda birgalikda suratga tushmoqda

    Kino | 21 iyun, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.