• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    JSST kuz oylarida yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

    Pandemiyaga tayyorlanish va unga nisbatan choralar ko‘rish masalasida kuz oylari o‘ta ahamiyatli bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus Jenevadagi brifingda aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Keyingi uch oy bo‘lajak pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish va unga javob choralarini belgilash uchun muhim davr bo‘ladi”, — dedi JSST rahbari.

    Gebreyesusning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyoda kunlik kasallanish va o‘lim holatlariga oid vaziyat barqarorlashdi. “Ammo bu barqarorlik juda yuqori darajada — 4,5 milliondan ortiq kasallanish va 68 000 o‘lim holati”, — deya xulosa qildi u.

    JSST ekspertlarining Nature jurnaliga yozgan maqolasida ma’lum qilishicha, COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini aniqlash jarayoni to‘xtatildi.

    “Biz SARS-CoV-2 virusining kelib chiqishini tushunish uchun JSST va Xitoydan mustaqil xalqaro guruh a’zolari sifatida tanlangandik. Bizning hisobotimiz shu yilning mart oyida chop etilgan. U to‘xtab qolgan jarayonning birinchi qadami bo‘lgan bo‘lishi kerak”, — deya qayd etdi ekspertlar.

    “SARS-CoV-2 ning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv hal qiluvchi nuqtada ... eng muhimi: Xitoyda va undan tashqarida odamlar va hayvonlarning biologik, hayotiy jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari darchasi juda tez yopilmoqda,” — dedi ekspertlar.

    Ularning aytishicha, pandemiyaning birinchi ma’lum episentri hisoblanuvchi Xitoyning Uxan shahrida olib borilgan tekshiruv paytida to‘plangan ma’lumotlar COVID-19 laboratoriyadan sizib chiqqanini tasdiqlamaydi.

    Mutaxassislar ushbu versiya ustida ishlashning o‘rniga, 2019-yil dekabrgacha antitanalar mavjudligi va kasallanish holatlari haqidagi dastlabki xabarlarni tekshirish orqali Xitoyda va undan tashqarida COVID-19 ning dastlabki holatlarini izlashga chaqirdi. Shuningdek, JSST xodimlari yovvoyi hayvonlar saqlanadigan xo‘jaliklarni tekshirish va ko‘rshapalaklarni o‘rganish zarur deb hisoblaydi. Biroq, JSST bu nuqtayi nazardan vaqt omilining ahamiyatini ta’kidladi.

    “SARS-CoV-2 ga qarshi antitanalar vaqt o‘tishi bilan kamayadi, shuning uchun 2019-yil dekabrgacha virusga chalingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarning namunalarini yig‘ish va sinovdan o‘tkazish bundan keyin tobora kamroq natija beradi” — deb ogohlantirdi JSST.

    Ular, shuningdek, tekshiruv uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlar boqilgan ko‘plab fermalar allaqachon yopilgan, hayvonlar esa o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

    G‘arb ommaviy axborot vositalari, JSST xodimlarining maqolasidan ikki hafta oldin, tashkilot Xitoyni COVID-19 ning eng birinchi holatlari haqida ma’lumot berishga chaqirganini eslatmoqda. JSST xodimlarining ta’kidlashicha, gap 2019-yil dekabr oyida mavjud bo‘lgan 174 ta holat haqida bormoqda, ular to‘g‘risida Xitoy hukumati ilgari aytishni istamagan.

    Xitoy AQShni COVID-19 laboratoriyadan sizib chiqqani haqidagi versiyani targ‘ib qilishda ayblamoqda

    25-avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining qurol-yarog‘ nazorati boshqarmasi bosh direktori Fu Tsun COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv to‘xtab qolganidan afsus bildirdi. Fu Tsunning so‘zlariga ko‘ra, bunda ushbu ilmiy ishni har doim qo‘llab-quvvatlagan Xitoyning aybi yo‘q.

    Pekinda ta’kidlanishicha, Xitoy tekshiruv virusning boshqa mamlakatlardagi boshqa ehtimoliy manbalariga qaratilishini istaydi.

    Fu Tsun, shuningdek, AQShni COVID-19 pandemiyasida Pekinni aybdor qilishga urinayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh virusning laboratoriyadan oqishi nazariyasini atay targ‘ib qilmoqda. Fu Tsun, shuningdek, AQShning o‘zi ham JSSTni bir qator Amerika ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini o‘rganishga taklif qilishi kerakligini aytdi.

    Avvalroq AQSh razvedka xizmati prezident Jo Baydenga koronavirusning kelib chiqishi haqidagi maxfiy hisobotni taqdim etgandi. Qayd etilishicha, hisobot xulosalari “tugallanmagan”. COVID-19 hayvondan yuqa boshlaganmi yoki odamdanmi, virus tabiiy kelib chiqqanmi yoki Uxandagi laboratoriyada yaratilganmi — razvedka xizmatlari yetarlicha ma’lumot topa olmagan.

    26.08.2021, 11:55   Izoh (0)   21113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti tilla belkurak, tilla arava va tilla kapsula bilan yangi sanoat majmuasi qurilishini boshlab berdi (video)

    26.08.2021, 07:48

    AQSh—Meksika chegarasidagi “Tramp devori” yemirilishni boshladi

    26.08.2021, 06:47

    COVID-19 ga qarshi emlangan va emlanmaganlarning kasalxonaga tushish ehtimoli taqqoslandi, bitta bemorni davolash qanchaga tushmoqda? Koronaxabarlar

    25.08.2021, 22:56

    AQSh razvedkasi Baydenga koronavirus kelib chiqishi to‘g‘risidagi maxfiy hisobotni topshirdi. Ular yakuniy xulosaga kela olmagan

    25.08.2021, 22:39

    Panjsherda hammasi endi boshlanyapti, Emomali Rahmon tojiklar ishtirokida hukumat tuzishni taklif qildi. Afg‘oniston yangiliklari

    25.08.2021, 21:42

    Minglab afg‘onlar uchib ketish ilinjida Kobul aeroporti atrofida payt poylayotganiga bir haftadan oshdi. Hozir bu yer — insoniyat dard-alami to‘plangan joy

    25.08.2021, 19:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.