Huawei texnologik giganti o‘zining Xitoydagi internet do‘konidan sertifikat olgan sobiq va iste’moldagi telefonlarini rasman sotishni boshladi, deb xabar beradi IXBT.
Huawei’ning yangi taklifi sifatni kafolatlash maqsadida kompaniyaning o‘zi tomonidan sertifikatlashtirilgan turli smartfonlarni chegirma asosida xarid qilish imkonini beradi. Ta’kidlanishicha, bundan ikkala taraf ham yutadi: foydalanuvchilar jozibador narxlarda telefonlarga ega bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar do‘konlarda smartfonlar yetishmayotgani bilan bog‘liq vaziyatni biroz yaxshilaydi.
Ayni vaqtda VMall dasturi va Huawei’ning Xitoydagi rasmiy sayti oltita modelni taklif etmoqda: Mate 30 Pro 5G, Mate 40 5G, P30, P30 Pro, Mate 30 va Mate 30 Pro. Bular orasida faqatgina Mate 30 Pro 5G’ning 8/128 hamda 8/256 gigabaytli versiyalari sotuvda bor, qolganlari sotilib ketgan. Bu mazkur strategiya o‘zini oqlaganidan dalolat beradi: ishlatilgan Huawei smartfonlari ulkan talabga ega.
Ishlatilgan telefonlar uchun chegirmalar 77 dollardan 92 dollargacha. Huawei o‘zi sertifikatlashtirgan ishlatilgan telefonlar sifat nazoratidan o‘tayotganini kafolatlagan. Kompaniya ushbu modellarni yangi original batareyalar bilan jihozlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, may oylarida Huawei kompaniyasining smartfon ishlab chiqarish borasidagi biznesi tanazzulga uchrayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Huawei Amerika sanksiyalari ortidan jiddiy zarar ko‘rganini inkor etmayapti. Xitoy giganti rahbarlaridan biri kompaniya shunchaki omon qolishga urinayotganini tan olgan
Izoh (0)