O‘zbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta xizmati mavjud. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zagrosug‘urta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, UzInsurance kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan bo‘lib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan.
Sug‘urta polisining qiymati atigi 5 va 10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 million so‘mni tashkil etadi.
Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar talab etiladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbek-xitoy vaksinasining 2- va 3-dozalari bilan kechroq emlanishning zarari bormi?
- Aholidan vaksinalarning sifatsizligi, ularning nojo‘ya ta’sirlari yuzasidan shikoyatlar ham bo‘lib turibdimi? Nurmat Otabekov javob berdi
- O‘zbekistonda so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarolarning qanchasi koronavirusga qarshi vaksina olishni xohlamasligi aniqlandi
Izoh (0)