19-avgust kuni dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Qrimdagi Sasiq-Sivash ko‘li bo‘ylab yurgan sayyohlar.

Foto: “TASS”

Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi qarorgohi oldida Afg‘onistondagi ayollarning huquqlarini himoya qilishni talab qilib chiqilgan namoyish bo‘lib o‘tdi.

Foto: AP Photo

AQShning San-Diyego shahrida ochiq havodagi yangi musiqa sahnasining ochilish marosimi.

Foto: Getty Images

Bangkokda hukumatga qarshi norozilik namoyishi davom etmoqda. Fuqarolar hukumatni koronavirus pandemiyasida munosib harakat qilmayotganlikda ayblamoqda.

Foto: EPA

Isroilning Quddus tepaliklaridagi o‘rmon yong‘inining oqibatlari.

Foto: EPA

Ispaniyaning Torrelavega aholisi shahar homiysi kunini nishonlamoqda.

Foto: EPA

Pokistondagi shia musulmonlari Ashuro kunini nishonladi.

Foto: EPA

AQShda “Kaldor” yong‘inlari tufayli qutqaruvchilar Sakramento hududida minglab odamlarni evakuatsiya qildi.

Foto: Getty Images

IShID jangarilarining qarindoshlari deb gumon qilinayotgan odamlar saqlanadigan Suriyadagi Al-Hol lagerida gumanitar yordam olish uchun navbatga turgan qizcha. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati ushbu lagerdan “Mehr” operatsiyasi doirasida 450 ga yaqin o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelgan.

Foto: AFP

Kobuldagi ustiga chizib tashlangan ayollarning tasvirlari tushirilgan go‘zallik salonining yonidan o‘tayotgan “Tolibon” jangchisi.

Foto: AFP

Rio-de-Janeyro sohilida o‘lik kit topildi.

Foto: EPA

AQSh harbiy samolyotida uxlayotgan Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan bola.

Foto: Shutterstock

Xitoydagi Huangoshu sharsharasida 3D yorug‘lik namoyishi.

Foto: Getty Images

Dehli ko‘chalarining birida matodan yasalgan belanchakda uxlayotgan bola.

Foto: Getty Images

Xitoydagi Fillar vodiysida yashovchi fil ko‘zining yaqindan ko‘rinishi.

Foto: Getty Images

Hindistonda bir kunda sakkiz milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi.

Foto: “TASS”

Shveysariyaning Bern shahridagi sobor Tokio Paralimpiadasi munosabati bilan yoritilgan.

Foto: EPA

Argentinaning dengiz sathidan 4000 metr balandliklarida yashovchi vikunya hayvoni.

Foto: Reuters

Tehronda shia musulmonlari Ashuro marosimlarida tarixiy Karbalo jangini qayta sahnalashtirib nishonlamoqda.

Foto: EPA

Britaniya sohilidagi zaytun dengiz iloni. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu ilonlarning erkaklari juftlashish davrida odamlarga ko‘proq hujum qiladi.

Foto: PA