Toshkentda Lacetti avtomobili yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga uringan piyodani urib yubordi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 19-avgust kuni, taxminan, soat 01:30 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 31 yoshli R.S. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarish davomida mast holatda bo‘lgan va yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.
Avariya oqibatida piyoda — 51 yoshli A.Sh. jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.
Avvalroq Nukusda Matiz mast piyodani urib yuborgani, Namanganda Cobalt mast piyodani urib ketgani, Buxoroda Matiz boshqaruvni yo‘qotib, oqar suvga tushib ketishi oqibatida haydovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)