Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toyota kompaniyasi Lego konstruktoridan yasalgan to‘liq o‘lchamli GR Supra nusxasini namoyish etdi. Noodatiy kupeni yasashga 2700 soat vaqt sarflangan — Gazoo Racing jamoasi va Lego yig‘uvchilar 1885 kilogrammli ulkan maket mustaqil harakatlana olishi uchun mehnat qilgan. Toyota sportkar nusxasidan faol foydalanish niyatida — 11-oktabrga qadar model Legoland Japan stendini bezab turadi, shundan so‘ng kupeni Super GT poyga seriyasi bo‘yicha tur kutmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Toyota GR Supra’ning to‘liq o‘lchamli maketi 477 303 dona Lego donasidan iborat bo‘lib, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqdan yig‘ilgan kupe og‘irligi 3,0 litrli BMW dvigateli o‘rnatilgan haqiqiy sportkardan chorak tonnaga og‘irroq.

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Ehtiyot qismlarning bir qismi original Supra’dan olishga to‘g‘ri kelgan — gap g‘ildiraklar, “shildiklar”, haydovchi o‘rindig‘i, tepkilar, qurilmalar paneli va rul chambaragi haqida ketmoqda. Biroq barcha kuzov panellari, optika, salonning qolgan detallari Lego’dan yig‘ilgan.

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Plastmassa Toyota GR Supra elektrodvigatel yordamida harakatga keladi. Ma’lum qilinishicha, Lego sportkari soatiga 28 kilometr tezlikda harakatlana oladi, biroq tormoz diskalari konstruksiyadan yasalgani sabab unga ishonish kerak emas.

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Lego kompaniyasi 400 mingta konstruktor detallaridan tarkib topgan to‘liq o‘lchamli Lamborghini Sian giperkarini taqdim etgandi. Uni yaratish ustida 15 nafar mutaxassis 8660 soat ish olib borgan. 1:1 masshtabdagi o‘yinchoq giperkar Lamborghini Sian FKP 37 modeli dizaynini takrorlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov