Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adidas va Lego o‘zaro hamkorlikni davom ettirgan holda bu safar krossovka emas, balki krossovka ko‘rinishidagi konstruktorni ishlab chiqardi, deb xabar bermoqda Esquire.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Yangi Lego to‘plami ramziy Superstar modeliga asoslangan: 731 qismdan 27 santimetrlik krossovkaning chap yoki o‘ng poyini yig‘ish mumkin (bir juft krossovka uchun ikkita to‘plam sotib olish kerak). Konstruktorni yig‘ish uchun, taxminan, ikki soat vaqt ketadi.

Oq va qora detallar Superstar krossovkalarining shakli va rangini ishonchli tarzda o‘xshata oladi, hatto har bir to‘plamda yorliqlar va bog‘ichlar mavjud.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

To‘plam odatda Adidas Originals poyabzallari sotiladigan moviy rangli qutida sotiladi. Lego detallari solingan paketlar esa yangi krossovkalarni o‘rash uchun ishlatiladigan qog‘ozga aylanadi.

10282 adidas Originals Superstar deb nomlangan to‘plam 2021-yilning 1-iyulidan sotuvga chiqadi. Uning narxi salkam 125 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi