• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etish qarori haqida deyarli hech kimga aytmagan

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tor doiradagi ishonchli odamlari bilan birga tark etib, bu haqda mamlakatning boshqa siyosiy yetakchilarini ogohlantirmagan, deb xabar bermoqda Associated Press.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “G‘ani prezident saroyini o‘zining tor doiradagi ishonchli odamlari bilan tark etdi va hatto o‘sha paytda hokimiyatni ‘Tolibon’ga tinch yo‘l bilan topshirish borasida muzokaralar olib borayotgan boshqa siyosiy yetakchilarni o‘zining ketish niyatidan xabardor qilmagan”, — deya ma’lum qildi agentlik.

    G‘ani aynan qayerga uchib ketgani hozircha noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda u afg‘onlar hayotini saqlab qolish uchun ketganini yozgan, ammo qayerda ekanini aytmagan. “Agar qolganimda, cheksiz sondagi hamyurtlarim halok bo‘lgan, Kobul esa vayron bo‘lish xavfiga duch kelgan bo‘lardi, bu esa uning olti millionlik aholisining halokatiga olib kelardi”, — deb yozdi u.

    Afg‘oniston hukumati sobiq maslahatchisi Torek Farhodiy agentlikka ma’lum qilishicha, G‘ani o‘z rahbarligini tajovuzkor tarzda olib borgan va o‘z nuqtayi nazaridan farq qiluvchi fikrlarni tinglamagan. “U juda kichik doiradagi odamlar bilan ishlardi, ular doim ‘xo‘p’ deb turardi, ulardan olgan mamlakat haqidagi yangiliklarni filtrlardi”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘ani Qurolli Kuchlarda va hukumatda tajribali odamlarning barchasini ishdan bo‘shatib, ularning o‘rniga o‘ziga sodiq yosh xodimlarni tayinlagan.

    Ashraf G‘anining karyerasi

    G‘ani 72 yoshda, karyerasining eng katta qismini u chet elda, Amerika universitetlari akademik muhitida qurgan, bir necha yil Jahon bankida ishlab, 2002-yilda Afg‘onistonga qaytib kelgan. Ikki yil moliya vaziri bo‘lib ishlagan. 2006-yilda Kofi Annanning muddati tugagach, BMT bosh kotibi lavozimiga uning nomzodi ilgari surilgan, ammo u Pan Gi Munga mag‘lub bo‘lgan.

    2009-yilda u birinchi marta prezident saylovlarida qatnashgan va saylovchilar ovozlarining 3 foizini qo‘lga kiritgan. 2014-yildagi saylovlar natijalari bo‘yicha u o‘zini prezident deb e’lon qilgan, uning bosh raqibi Abdulla Abdulla esa o‘zini prezident sifatida e’lon qilgan. AQSh G‘ani va Abdullaga murosa taklif qildi, davlat rahbari lavozimi oxir-oqibat G‘aniga tegdi, Abdulla uchun esa hukumatda yangi lavozim tashkil qilindi. 2019-yilgi saylovlarda vaziyat takrorlandi, yakunda G‘ani prezidentlikni saqlab qoldi, Abdulla Abdulla esa Milliy yarashuv oliy kengashi raisiga aylandi va “Tolibon” bilan muzokaralar uchun mas’ul bo‘ldi.

    Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston uning nazorati ostiga o‘tganini ma’lum qilgach, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan uchib ketgani xabar berildi. TOLOnews afg‘on telekanalining xabar berishicha, prezidentning yaqin yordamchilari u bilan birga.

    Tojikistonning Asia-Plus agentligi Ashraf G‘ani Tojikistonga uchib ketgani, u yerdan nomi ma’lum qilinmagan uchinchi mamlakatga yo‘l olishi haqida xabar berdi. Kabul News xabariga ko‘ra, G‘ani dastlab Tojikistonga, so‘ng u yerdan Ummonga uchib ketgan. Ammo yuqori martabali ummonlik manba G‘anining Ummonga yetib borgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

    Ayni vaqtda, The New York Times axborotiga ko‘ra, G‘ani rafiqasi va ikki yordamchisi bilan birga O‘zbekistonga yo‘l olgan. Ushbu axborotni G‘anining shaxsiy qo‘riqchisi Al Jazeera telekanaliga ham tasdiqlagan. O‘z navbatida, “Interfaks” manbasining ma’lum qilishicha, Toshkentga Ashraf G‘ani bo‘lgan samolyotni qabul qilish haqida so‘rov kelib tushmagan. “U O‘zbekistonda emas”, — deya ma’lum qilgan agentlik manbasi.

    Keyinroq Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozog‘istonda ham emasligi ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: Rossiya prezidentining maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak

    17.08.2021, 12:46   Izoh (0)   40132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniya, Niderlandiya va Chexiya samolyotlari Kobul aeroportiga qo‘na olmadi

    17.08.2021, 12:22

    “Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik. Ammo ushbu kelajak uchun kurashish istagini bera olmaymiz”. Bayden Afg‘onistondagi vaziyat yuza...

    17.08.2021, 11:43

    “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgan Afg‘onistonning birinchi kuni qanday o‘tdi? Minglab odamlar qochishga urinmoqda, “Tolibon” fuqarolarga tinch-osoyishta hayot va...

    17.08.2021, 09:10

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonni rus tilida so‘zlashuvchilarga qarshi millatchilikka chora ko‘rishga chaqirdi

    17.08.2021, 07:49

    Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri “Tolibon” tuzayotgan vaqtinchalik hukumat rahbarligiga tayinlanganini inkor etdi

    17.08.2021, 07:07

    WP: “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlarga qurol evaziga pora bergan

    17.08.2021, 06:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.