Daryo

Rossiya prezidentining maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak

Ekspert Rossiyaning “Tolibon” olib borayotgan siyosatdan qoniqish hosil qilayotganligini ham qayd etgan

2 daqiqa o‘qish149 470 ko‘rishlar0 izoh0
Zamir Kabulov Foto: “Kommersant”

Iste’foga chiqqanini e’lon qilgan va mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Kommersant”.

Ashraf G‘aniFoto: Reuters

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘ani televideniye orqali xalqqa yo‘llagan murojaatida oxirigacha kurashishga va jonini ham berishga tayyorligini ta’kidlagan, ammo yakunda sharmandali tarzda qochib ketgan.

“Prezidentlikka saylanishida ham shubhalar bo‘lgandi, boshqaruvda ham yomon ishladi va davlat rahbarligi faoliyatini ham sharmandali yakunladi. Bu borada bunday odamga boshqacha ta’rif ayta olmayman. U (Ashraf G‘ani) afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi va javobgarlikka tortilishi zarur”, — degan Zamir Kabulov.

Zamir KabulovFoto: “Kommersant”

Shuningdek, ekspert Rossiyaning “Tolibon” olib borayotgan siyosatdan qoniqish hosil qilayotganligini qayd etgan.

O‘z navbatida Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasi matbuot kotibi Nikita Ishenko “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida Ashraf G‘anining Kobuldan pullarni qanday olib chiqishga uringani haqida gapirib bergan.

“To‘rtta mashina pul bilan to‘ldirilgandi, vertolyotga ham pul ortishga urinishdi, ammo hamma mablag‘ uchun joy yetmadi. Pullarning bir qismi uchish maydonchasida qolib ketdi”, — deya Ashraf G‘anining Afg‘onistondan qochishi haqida hikoya qilgan Ishenko.

Mavzuga doir: Yuzlab odamlar Kobul aeroportida Afg‘onistondan uchib ketayotgan so‘nggi samolyotlarga chiqib olishga urindi. Bir necha kishi halok bo‘ldi (foto va video)

Ashraf G‘anining ayni vaqtda qayerda ekani hanuzgacha noma’lum. Avval uning qo‘riqchisi sobiq prezidentning rafiqasi bilan birga Toshkentga kelganini xabar qilgandi. OAVda Ashraf G‘anining Tojikistonga qochgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston ham, Tojikiston ham, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari ham Ashraf G‘anining o‘z hududlarida ekanligini rasman tasdiqlamagan. “Radio Ozodi” nashri o‘z manbalariga tayangan holda Ashraf G‘anining Dushanbega kelgani va bu yerda uzoq vaqt qolmay, samolyotda Ummonga uchib ketganini xabar qilgan. Nashrning yozishicha, Tojikiston aviatsiyasi O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron hukumatlari bilan Afg‘oniston sobiq prezidentining ushbu mamlakatlar hududidan uchib, Ummonga ketishi masalasini kelishgan bo‘lishi mumkin. Eronning Mehr agentligi Ashraf G‘ani Ummonda ekanligining ehtimoli mavjudligi va siyosatchi u yerdan AQShga ketishi mumkinligini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: Fotoreportaj: “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘lmoqda?

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar