So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

    15.08.2021, 18:33 186996

    Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hukmronligi ostida ayollar ta’lim olishi va ishlashi, jurnalistlar esa hodisalarni tanqid qilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Tolibon” vakili Muhammad Suhayl Shohin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Al Arabiya.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Uning aniqlik kiritishicha, ayollarning barchasi hijob (paranji) kiyishi kerak bo‘ladi. “Tolibon” kafolat berishicha, ayollar uydan yolg‘iz, erkaklar hamrohligisiz chiqa oladi.

    Bundan tashqari, harakat jamoatchilik orasida o‘zboshimchalik bilan jazolash holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni rejalashtirmoqda. Qatl qilish yoki toshbo‘ron qilish kabi jazolarning barchasi faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi.

    Shuningdek, “Tolibon” vakili ma’lum qilishicha, ular inklyuziv hukumat tuzishga intilmoqda, unda afg‘onistonliklarning barchasi ishtirok eta oladi.

    “Bizning kuchlarimiz Kobul darvozalari oldida qolib, shaharga kirmaslik haqida topshiriq oldi. Biz hokimiyatning tinch yo‘l bilan topshirilishini kutyapmiz, — dedi Shohin. — Bunda biz shahar va hokimiyat Afg‘oniston islom amirligiga topshirilishini, shundan keyin kelajakda bizda islom hukumati tuzilishi, unda barcha afg‘onlar ishtirok etishini ko‘zda tutamiz”.

    Uning ta’kidlashicha, Kobul aholisi o‘zlarining va mol-mulklarining xavfsizligidan xavotirlanmasligi kerak, chunki “Tolibon” poytaxt hududida jangovar harakatlarni boshlamoqchi emas. Shuningdek, harakat G‘arb kuchlari bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklarni jazolamoqchi emas, shu sababli ularning mamlakatni tark etishi uchun sabab yo‘q.

    Shohinning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon”ning siyosiy qanoti yetakchisi mulla Abdulg‘ani Barodar hamon Dohada bo‘lib turibdi. U Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani qo‘lidan hokimiyatni qabul qilib olish uchun Kobulga yetib kelgani haqidagi mishmishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, dedi u.

    Bundan tashqari, “Tolibon” Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani, hukumat amaldorlari va afg‘on partiyalari yetakchilarini hamkorlikka chaqirdi. “Tolibon” davlat rahbari, “ma’muriyatdagi boshqa mas’ul shaxslar va siyosiy partiyalar yetakchilarini birgalikda ishlashga” da’vat etdi.

    NBC qayd etishicha, Afg‘oniston bundan avval “Tolibon” qo‘l ostida bo‘lgan davrda (1996-yildan 2001-yilgacha) qizlarga maktabga borish, ayollarga esa uydan tashqarida ishlash yoki ko‘chaga butun tanani yopib turadigan libos kiymagan holatda va erkak kishining hamrohligisiz chiqish taqiqlangan edi. Ushbu qoidani buzganlar omma oldida savalangan yoki qatl qilingan.

    BMT avgustda Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan egallab olingan hududlarida ayollar, huquq himoyachilari va jurnalistlarning ommaviy o‘ldirilishi holatlari haqida ma’lum qildi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet qayd etishicha, ayollar “Tolibon” o‘rnatgan qoidalarni buzgani uchun jamoatchilik oldida qamchilab kaltaklangan. Shuningdek, tashkilot taslim bo‘lgan hukumat kuchlarini ommaviy qatl qilgani, amaldagi va sobiq hukumat mansabdorlariga va ularning oilalariga hujumlar uyushtirgani, uy, maktab va kasalxonalarni vayron qilgani haqida xabarlar olgan.

    Avvalroq “Tolibon” harakati Afg‘oniston hududini to‘liq o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqqan, hokimiyat “Tolibon” harakatiga topshirilgunga qadar Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri, Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy muvaqqat hukumatni boshqarib turadi.

    Ashraf G‘ani, prezident administratsiyasining boshqa xodimlari Kobul aeroportida ekanligi, biroq ularga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.

    “Tolibon” Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lgan barcha chet elliklar Kobul aeroporti orqali mamlakatdan to‘siqsiz chiqib ketishiga va’da bermoqda. Qolish istagida bo‘lganlar esa harakat vakillariga uchrashib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Video: O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi tinch, xavotirga o‘rin yo‘q
    • “Boshpana so‘ragan afg‘onistonlik qochqinlar bo‘yicha insonparvarlik tamoyillariga mos harakat qilinishi lozim” — Alisher Qodirov

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda yo‘lovchi belgilanmagan joyda to‘xtamagan avtobus haydovchisi bilan janjallashdi

    Bugun, 14:16

    Qurilish materiallari sanoatida xorijning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

    Bugun, 13:31
    Reklama

    O‘zbekistonda ijaraga olingan ayrim yer uchastkalarini qayta ijaraga berish mumkin bo‘ladi

    Bugun, 13:46

    Katta gonorar taklif qilinishiga qaramay, mashhur filmlarda rol ijro etishni xohlamagan Gollivud yulduzlari (foto)

    Bugun, 13:40

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:10

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Xitoy Taypeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:07

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?