Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlari sentabr oyining boshida o‘tkaziladi. Bu haqda “Xalq so‘zi online” nashri xabar berdi.
Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish departamenti boshlig‘i Samariddin Shamsiyevning so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston universitetiga imtihonlar sentabr oyining boshida o‘tkaziladi. O‘quv jarayoni oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining binosida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi O‘zbekiston universiteti 2021-yilning iyunida tashkil etilgandi. Universitetga qabul imtihonlari Kembrij universiteti o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga doir:
O‘quv reja va dasturlar Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Shuningdek, ular ta’lim sifatini nazorat qilish, laboratoriya va kutubxonalarni to‘ldirishga ko‘maklashadi. Universitetga germaniyalik rektor tayinlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)