• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Marshal Abdurashid Do‘stum “Tolibon” bilan jang qilish uchun Kobuldan Balxga uchib ketdi

    Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti, Milliy islomiy harakat partiyasi (MIHA, Afg‘onistonning turkiyzabon aholisini birlashtiradi) yetakchisi marshal Abdurashid Do‘stum “Tolibon”ga qarshi kurashish uchun Kobuldan Balx viloyati markazi Mozori Sharifga maxsus reys bilan uchib ketdi.

    Foto: Tolo News

    Foto: Tolo News

    Marshal bilan birgalikda MIHA raisi maxsus kuchlarining bir necha yuz a’zosi Balxga uchib ketgan. Turkiyzabon afg‘onlarning yetakchisi Afg‘oniston shimolida “Tolibon” jangarilariga qarshi kurashga rahbarlik qilishi kutilmoqda. Do‘stumning Mozori Sharifda o‘tkazgan uchrashuvidan lavha MIHAning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan.

    Bir necha kun oldin, “Tolibon” uzoq davom etgan hujumlardan so‘ng, Do‘stumning kichik vatani Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahrining asosiy hududlarini egallashga muvaffaq bo‘lgandi. Hozir hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar marshalning to‘ng‘ich o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum qo‘mondonligi ostida shahardagi aerodromni, milliy armiya polkining joylashuvini, shuningdek, boshqa bir qancha muhim strategik obyektlarni ushlab turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir nechta mahalliy komandirlarning xiyonati “Tolibon”ning Shibirg‘onni egallab olishiga yordam bergan.

    Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot markazining xabar berishicha, 10-avgust kuni maxsus harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan milliy armiyaning 450 askari Mozori Sharif himoyachilariga qo‘shilgan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Balx viloyatining Dihdadi tumanidagi “Tolibon” zich joylashgan nuqtaga aviazarbalar yo‘llagan. Natijada 18 jangari yo‘q qilingan, yana 13 nafari yaralangan.

    Shuningdek, 10-avgustda “Tolibon” Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyatining markazi Puli Xumri shahrini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda viloyat ma’muriy markazining bayonotiga tayanib, The New York Times gazetasining Kobuldagi muxbiri xabar qildi. Ta’kidlanishicha, shahar jangsiz taslim bo‘lgan. Muxbirning aniqlik kiritishicha, bu “Tolibon” tomonidan bir haftadan kamroq vaqt ichida qo‘lga olingan sakkizinchi, bir kundan kamroq vaqt ichida nazorat ostiga olingan ikkinchi shahar.

    Bu shahar poytaxt bilan chegaradosh emas, lekin Kobuldan taxminan 230 kilometr uzoqlikda joylashgan. Avvalroq Tolo News telekanali Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Puli Xumridan evakuatsiya qilingani, keyin esa Kelagay qishlog‘i tomon chekinayotgani haqida xabar bergan edi.

    Avgust oyida Abdurashid Do‘stum Turkiyada uzoq vaqt davolanganidan keyin vataniga qaytib keldi. Ta’kidlanishicha, unda qandli diabet bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor.

    1990-yillarda Do‘stum o‘z armiyasiga rahbarlik qilgan, u “Tolibon”ga qarshi nisbatan muvaffaqiyatli tarzda janglar olib borgan edi. AQSh armiyasi 2001-yilda Afg‘onistonga bostirib kirayotganida aynan Do‘stumni qo‘llab-quvvatlagan edi.

    O‘tgan yilning sentabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi yalpi majlisida so‘zlagan nutqidan keyin Do‘stum “Mening o‘zbek tilim, mening millatim, mening faxrim” sarlavhali maqola chiqargan edi.

    Marshal O‘zbekiston Prezidentining nutqini “tarixiy voqea” deb atab, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi ziddiyatni hal qilishdagi ishtiroki “ijobiy natijalarga olib kelishi”ni aytgandi.

    Ma’lumot uchun, Abdurashid Do‘stum asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib, Afg‘onistondagi eng mashhur harbiy qo‘mondonlardan biri. 2014-yil sentabridan buyon Afg‘oniston vitse-prezidenti bo‘lgan, 2020-yilda u marshal unvonini olgan.

    11.08.2021, 14:55   Izoh (0)   50429
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jamoaviy immunitetga erishish ilojsiz, “Sputnik V” o‘zini to‘liq oqladi, chekish antitanalar miqdorini kamaytiradi. Koronaxabarlar

    11.08.2021, 14:10

    “Ozodlikni sevuvchi insonlar oxir-oqibat ozod bo‘ladi”. Bir emas, bir necha xalqlar qahramoni — Simon Bolivar

    11.08.2021, 14:00

    Qirg‘izistonda bolalar markazining xodimasi mijozga rus tilida murojaat qilgani uchun hujumga uchradi. Rossiya Davlat dumasi voqeaga munosabat bildirdi (video)

    11.08.2021, 13:26

    “Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazorat qilmoqda — Sergey Shoygu

    11.08.2021, 12:24

    Yevroittifoq: “Tolibon” Afg‘oniston hududining 65 foizini egalladi

    11.08.2021, 11:44

    “Tolibon” AQShning Afg‘onistonda o‘tish davri hukumatini tuzish rejasiga qarshi chiqdi

    11.08.2021, 10:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.