Daryo

Etnik o‘zbek Abdurashid Do‘stum Afg‘oniston vitse-prezidenti bo‘ldi

General Do‘stum “Afg‘onistonning milliy manfaatlari va hududiy yaxlitligini himoya qilish” uchun tantanali qasamyod qilgan

1 daqiqa o‘qish22 878 ko‘rishlar0 izoh0
Chapdan o‘ngga: Do‘stum, Ahmadzay va Donish. Foto: Facebook/Genral Abdulrashid Dostum

Kecha, 29-sentabr, dushanba kuni Qobulda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonning yangi prezidenti qasamyod marosimida etnik o‘zbek — general Abdurashid Do‘stum vitse-prezidentlik lavozimini egallashi ma‘lum bo‘ldi.

Chapdan o‘ngga: Do‘stum, Ahmadzay va Donish. Foto: Facebook/Genral Abdulrashid Dostum

“ITAR-TASS” xabariga ko‘ra, yangi prezident Ashraf G‘ani Ahmadzay qasamyodidan so‘ng ikki vitse-prezident − Abdulrashid Do‘stum va Muhammad Sarvar Donish hamda prezident yordamchilari − Muhammad Xon va Muhammad Muhaqqiq “Afg‘onistonning milliy manfaatlari va hududiy yaxlitligini himoya qilish” uchun tantanali qasamyod qilgan.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi ma‘lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 3 millionga yaqin etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi. Ular pushtunlar va tojiklar bilan birgalikda Afg‘onistonning eng yirik etnik guruhlaridan hisoblanadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar