• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tokio—2020 Olimpiadasida O‘zbekiston vakilini yengib, bronza medalini qo‘lga kiritgan Artur Nayfonov: u 17 yil avval Beslan voqealarida garovda bo‘lgan va o‘sha teraktda onasini yo‘qotgan

    Tokio—2020 Olimpiadasida 5-avgust kuni erkin kurash bo‘yicha -86 kg vazn toifasi bronza medali uchun o‘zbekistonlik Javrail Shapiyev va Rossiya vakili Artur Nayfonov gilamga chiqdi. Unda Nayfonov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Olimpiada bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Nayfonov aslida kim?

    Javrail Shapiyev va Artur Nayfonov

    Javrail Shapiyev va Artur Nayfonov
    Foto: Getty Images

    24 yoshli Arturning millati osetin. U Nijnevartovskda tavallud topgan, keyinchalik oilasi bilan birga Shimoliy Osetiyaga ko‘chib o‘tgan. 2004-yil 1-sentabrda Beslandagi maktabga qabul qilinadi. Aynan shu maktab terrorchilar tomonidan ikki yarim kun mobaynida egallab turildi. Minalangan binoda 1128 nafar kishi garovda ushlab turildi: bolalar, ota-onalar va maktab xodimlari. Rossiya tarixidagi eng katta teraktlardan birida 333 kishi halok bo‘ldi, 783 kishi jarohatlandi. Artur, uning 10 yoshli singlisi Sabina va ulardan tashqari garovga olingan kishilar kichik tan jarohati oldi. Arturning 32 yoshli onasi Svetlana Nayfonova terakt oqibatida vafot etdi.

    “Arturning onasi vafot etdi. Ammo uning sharofati bilan aka-singil maktabdan tirik chiqdi. Balki taqdiriga shu yozilgandir”, — deydi Nayfonovning murabbiyi Totraz Archegov.

    Bo‘lajak Olimpiyachi o‘smirlik yoshidan erkin kurash bilan shug‘ullanishni boshlagan. 20 yoshida Vladikavkaz milliy birinchiligi chempioni bo‘lgan va bir yildan so‘ng Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Shundan so‘ng uch marta Yevropa chempioni bo‘lgan. 2019-yilda esa Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

    Artur Nayfonov

    Artur Nayfonov
    Foto: Getty Images

    Nayfonovning bronza medali rossiyaliklar uchun ushbu musobaqadagi 20-medal bo‘ldi. Ammo murabbiy Totraz Archegovning aytishi bo‘yicha, bu xursandchilik keltirmagan.

    “Osetiya uchun faqat oltin bor. Uning o‘zi ham unchalik xursand emas. Yaxshiroq qilishi mumkin bo‘lgan ishini qildi, xolos. Jarohatlar unga xalaqit berdi. Ha, u mamlakat uchun medal yutdi, bu ham hisoblanadi. Keling, yaxshisi bu haqida gaplashmaylik”, — deydi Archegov.

    Bronzadan xursandmisiz? Oltin olganchalik emas. Shunisiga ham shukur, har kuni ham Olimpiya medalini qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Qanaqadir fojia yuz beryapti deb o‘ylamang, men hali yoshman, hammasi oldinda. Jarohat bormi? Yo‘lbarslar bilan olishgandan keyin shunaqa bo‘ladi. Medalni qo‘lga kiritish lozim, g‘alabaga o‘zimni tayyorladim, oltin haqidagi o‘ylarni chetga uloqtirishga urindim. Endi uyga boraman va jarohatimni davolayman, shundan keyin yana jangga kirishaman. Biz yana qaytamiz.

    Artur Nayfonov, kurashchi

    Beslandagi teraktni boshqa bir osetiyalik kurashchi ham eslaydi. 25 yoshli Zaurbek Sidakov -74 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. U o‘z yo‘lida o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonovni yengdi, Bekzod keyinchalik bronzaga ega chiqdi. U Shimoliy Osetiyaning Zilgi qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgan, mashg‘ulotlar va maktab uchun Beslanga borardi. U manziliga ba’zan transportda, ba’zan piyoda borishiga to‘g‘ri kelardi.

    Foto: MOQ

    2004-yil sentabrda Zaurbek 8 yoshda edi. “Men bilan birga mashg‘ulotlarga borgan do‘stlarim o‘sha maktabda garovda bo‘lgan va bu voqealarni boshidan o‘tkazgan”, — deydi sportchi. Terakt haqidagi xabardan so‘ng Sidakov va do‘stlari maktabdan chiqarib yuborilgan: “Biz bola edik, lekin shunda ham bu nima ekanini tushungandik. Uyga qaytganimizda esa garovga olingan maktab haqidagi lavhalar xabarlarda berilayotgan edi”.

    Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng Zaurbekning ota-onasi farzandining Beslanga borishiga ruxsat bermadi, shunda ham u erkin kurashni tashlamadi. Sidakov uch marta Rossiya, ikki marta jahon chempioniga aylandi. 2019-yil Budapeshtda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi g‘alabasini Beslan fojiasi qurbonlariga bag‘ishladi.

    “15 yillik fojiani xotirlash uchun yig‘inda videomaterial tomosha qildik. Ota-onalar va aybsiz farzandlar nimalar his qilganini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Shuning uchun kurashda yirik g‘alabaga erishadigan bo‘lsam, uni Beslandagi teraktda jabrlanganlarga bag‘ishlayman deb o‘zimga va’da bergandim. Men bu va’damni bajardim”, — degandi Sidakov.

    Zaurbek Sidakov

    Zaurbek Sidakov
    Foto: Getty Images
    10.08.2021, 16:03   Izoh (0)   28046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio Olimpiadasi oltin medal egalariga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza qo‘lga kiritganlarga esa Trailblazer va 2 xonali uy berildi

    10.08.2021, 01:08

    “Umrim davomida hech qachon bunaqa adolatsizlikni ko‘rmaganman”. Bosh vazir Abdulla Aripov Olimpiadadagi nohaqliklar haqida gapirdi

    09.08.2021, 23:06

    Bahodir Jalolov Tokio—2020 finali haqida: “Birinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordim. Juda og‘ir bo‘ldi”

    09.08.2021, 22:00

    Video: Tokio Olimpiadasining o‘zbekistonlik sovrindorlariga atalgan Tahoe va Trailblazer avtomobillari

    09.08.2021, 15:11

    “Barselona” Ronalduning “Yuventus”ini yirik hisobda mag‘lub etib, Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi

    09.08.2021, 08:06

    Bayroqdor Akbar Jo‘rayev, esdalik uchun antiqa suratlar va navbatni qabul qilib olgan Parij. Tokio Olimpiadasi yopilish marosimidan fotogalereya

    08.08.2021, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.