• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qiynoqlar, G‘arbning bosimi va Uchinchi jahon urushi xavfi — Lukashenko “Katta suhbatda” nimalar haqida gapirdi?

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 9-avgust kuni ommaviy axborot vositalari, ekspertlar uyushmasi va jamoat tashkilotlari vakillari bilan “Katta suhbat” o‘tkazdi. Matbuot anjumanida u namoyishlarni tarqatish uchun armiyadan foydalanish imkoniyati, xavfsizlik kuchlariga berilgan buyruqlar va G‘arb bosimi tufayli “uchinchi jahon urushi” kelib chiqishi xavfi haqida gapirdi. Lukashenkoni nima qo‘rquvga solgan va Belarusdagi norozilik namoyishlari nega hech ish bermadi — bu haqda “Gazeta.ru” maqola tayyorladi.

    <em>Foto: Reuters</em>

    Foto: Reuters

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’lum qilishicha, 2020-yilgi prezidentlik saylovidan keyin vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlar “qizil chiziq”dan ancha o‘tib ketadigan bo‘lsa, u armiyani ishga solishga tayyor bo‘lgan. Shu bilan birga Belarus rahbari mamlakat o‘tgan yilgi inqirozni yengib chiqqanini ta’kidladi.

    “Agar ular ‘qizil chiziq’ni shunchaki kesib o‘tmasdan balki, undan ancha o‘tib ketganini ko‘rmaganimda edi, armiyani harakatga keltirish uchun biror tukim qilt etmagan bo‘lardi. Lekin biz buni uddaladik”, — dedi Lukashenko.

    Belarus prezidentining matbuot anjumani 2020-yilgi prezident saylovlarining bir yilligiga bag‘ishlandi. Saylovdan keyin butun mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. Namoyishchilar Lukashenkoning navbatdagi g‘alabasini tan olmadi, muxolifatchi siyosatchi Svetlana Tixanovskayani saylov g‘olibi deb atadi.

    Namoyishlar huquq -tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib keldi, yuzlab odamlar hibsga olindi va qamoqqa hukm qilindi, muxolifat a’zolarining aksariyati Polsha yoki Litvaga ketishga majbur bo‘ldi. G‘arb saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va Belarusga qarshi og‘ir sanksiyalar joriy etdi.

    Lukashenko namoyishlarni G‘arb kuratorlari boshqarganini, ularning maqsadi Belarusda to‘ntarish o‘tkazish bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi.

    “U yerdan zarba, Belarus orqali har doimgidek, Rossiyaning yuragiga berildi. Rossiya prezidenti va men ular bizdan nimani xohlayotganini darhol angladik. Rostini aytsam, hech kim hech kimga yugurmadi va hech kim hech kimni qutqarmadi. Vladimir Vladimirovich Putinga balli, u har qanday yordamga tayyorligini, nimalar yuz berayotganini ko‘rib turganini aytdi. Men esa kuting, hozircha buni o‘zim eplayman, deb aytdim. Epladim ham” — dedi Lukashenko.

    “Buyruqlarni shaxsan o‘zim berdim”

    Norozilik namoyishlari haqida gapirar ekan, Belarus prezidenti namoyish avjiga chiqqan paytda 46 mingdan ortiq odam to‘planganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat fotosuratlar orqali manipulyatsiya qilish bilan namoyishchilar sonini oshirib yuborgan.

    “Surat yasash muammo emas, u ta’sirli ko‘rinadi. Raqamlarga keladigan bo‘lsak, ular men uchun juda yoqimsiz syurpriz bo‘ldi. Belarusda hech qachon bunchalik ko‘p odamlar ko‘chaga chiqmagan. Bu boshqacha fikr yuritadiganlarning o‘ndan bir qismi, ya’ni ular bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Shuni bilamanki, mamlakat aholisining 10 foizga yaqini hech qachon menga ovoz bermagan”, — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.

    Belarus rahbarining fikricha, unga Minskning Rossiyadan mustaqil bo‘lishini istagan millatchilar qarshilik ko‘rsatmoqda, shuningdek, namoyishlarda radikal jangarilar va yoshlar — “maktab bolalari va bekorchilar” qatnashgan.

    Shu bilan birga, Lukashenko norozilik namoyishlari paytida tartibni tiklash haqidagi buyruq shaxsan o‘zi berganini tan oldi. Shuningdek, Belarus rahbari, hibsga olingan namoyishchilarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lingani, jumladan Okrestin ko‘chasidagi vaqtinchalik hibsxonada ular qiynoqlarga solingani haqidagi ayblovlar “soxta” va “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” ta’kidladi.

    “Quloq soling, nega ularni (hibsga olingan namoyishchilarni) qiynoqqa solish kerak? U yerda tergov o‘tkazilmagan, nega u yerdagi odamlarni qiynoqqa solish kerak? Agar kimnidir biror joyi ko‘kargan bo‘lsa, ular buni ko‘chada Ichki qo‘shinlar va OMONga o‘zini urgan paytda orttirgan, ular jarohatlaridan keyin hibsga olingan”, — deya xulosa qildi Lukashenko.

    Bundan tashqari, Belarus prezidenti repressiya siyosatini yuritmasligini va diktator emasligini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Belarusda hech qanday repressiya bo‘lmagan va bo‘lmaydi, chunki bu davlatga va shaxsan uning o‘ziga faqat zarar yetkazishi mumkin – “Men o‘z oyog‘imga, ayniqsa, boshimga o‘q uzmayman”

    “Tez orada ketaman”

    Belarusdagi norozilik namoyishlari natijalaridan biri shunday bo‘lgandiki, mamlakat konstitutsiyani o‘zgartirishga va’da berilgan, shuningdek, Lukashenko prezidentlik vakolatlarining bir qismini hukumatning boshqa tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlashga tayyorligini aytgan. Prezident bu masalani “Katta suhbat” chog‘ida bir necha bor ko‘tardi.

    “Biz prezident darajasidagi loyiha darajasida ishlab chiqiladigan Konstitutsiyani tuzish bo‘yicha ochiq va halol referendum o‘tkazishimiz kerak, u bu loyiha bilan tanishtiradi va biz uni omma e’tiboriga havola qilish uchun nashr etamiz. Biz buni mukammal qilib amalga oshiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko. U ovoz berish 2022-yilning fevralidan kechiktirilmasligiga va’da qildi.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarni yangi konstitutsiya matni bilan tanishtirgandan so‘ng, unga har qanday o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lishi mumkin.

    U, shuningdek, yangilangan asosiy qonunda, “akasi” Rossiyadagi qonunchilik kabi Belarus qonunchiligining ham xalqaro qonunlardan ustuvorligi mustahkamlanishini istisno qilmadi.

    Bundan tashqari, Lukashenko yangi konstitutsiyada strategik vakolatlarning bir qismi Butun Belarus xalq assambleyasiga berilishi kerakligiga, Konstitutsiyaviy sud xodimlarini prezident tomonidan tayinlash yo‘li bilan emas, balki parlament orqali tuzish mumkinligiga ishonadi

    Shu bilan birga, Lukashenko “tez orada” prezidentlikdan ketishni va o‘z o‘rnini boshqa birovga bo‘shatib berishni va’da qildi. Biroq, Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z lavozimini aynan qachon tark etishi haqida fol ochish shart emas.

    “Men bu mamlakat bilan, u esa men bilan chambarchas bo‘lib ketdi. Men qanday yashashni tushunmayapman: nafaqaga chiqish yoki boshqa ish bilan shug‘ullanish — buni hozircha tasavvur qila olmayapman. Ammo bu men bu kursiga jon-jahdim bilan yopishib olaman, degani emas. Yo‘q. Mendan keyin boshqalar keladi, hatto juda tez orada. Lukashenkoning qachon ketishini taxmin qilish va hokazolarning hojati yo‘q. Tez orada”, — deya qo‘shimcha qildi Belarus prezidenti.

    Lukashenkoning fikricha, Belarusda bir yil oldin yuz bergan siyosiy g‘alayonlar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda undan keyin davlatni boshqarishga qodir bo‘lgan 15-20 kishi bor.

    Mavzuga doir: Viktor Babariko 2020-yilgi Belarus prezidenti saylovida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi hisoblangan. Endi u 14 yillik koloniyaga hukm qilindi

    “G‘arbning uchinchi jahon urushi”

    Belarus prezidentining jurnalistlar, ekspertlar va jamoat arboblari bilan muloqotining ko‘p qismi G‘arbga, xususan, norozilik namoyishlaridan keyin Minskga qo‘yilgan sanksiyalar bosimiga bag‘ishlandi. Shuningdek, bahorda RyanAir samolyotining favqulodda qo‘nishi, Belarusning Litva va Latviya bilan chegarasidagi migratsion inqiroz bilan bog‘liq hodisa uchun kiritilgan cheklovlar haqida so‘z ketdi.

    Oxirgi punkt haqida gapirar ekan Lukashenko Minskning inqirozni sun’iy ravishda vujudga keltirayotgani, Osiyo va Afrikadan kelgan muhojirlarni qo‘shni davlatlar chegaralariga yuborayotgani haqidagi gumonlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus noqonuniy migratsiya orqali hech kimni shantaj qilmaydi.

    “Noqonuniy migratsiya. Yo‘q, biz hech kimni shantaj qilmaymiz. Biz hech kimga tahdid qilmaymiz. Agar chegaradagilar tinchlanib olmasa, buning oqibati butunlay ularning o‘ziga uriladi, chunki ular chegarada bu harakatlarni atayin amalga oshirmoqda. Ular mening sabr-toqatimni sinab, meni qasos olishga undamoqda”, — dedi Lukashenko.

    G‘arb bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Belarus prezidenti Minskning G‘arb davlatlari bilan muloqoti hech qachon to‘xtamaganini ta’kidladi. Shuningdek, u Belarus tomoni muvozanatli va tinch muzokaralarga chaqirayotganini qo‘shimcha qildi.

    “Sanksiyalar uchun qo‘lga bolta va panshaxalar olish shart emas. Bundan tashqari, ular teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz (G‘arb davlatlari) uchinchi jahon urushini boshlaysiz. Siz bizni va rossiyaliklarni ham bunga majburlayapsizmi? (bu ziddiyatda) g‘olib tomon bo‘lmaydi, agar bo‘lgan tadirda ham u siz bo‘lmaysiz. Shuning uchun o‘zingizni bosing. Sanksiyalarmi? Mayli, kiritavering. Kutamiz — ko‘ramiz, o‘zingizga kelib olmasligingiz nimalarga olib kelarkan”, — dedi Lukashenko.

    Belarus prezidenti Rossiya Qurolli kuchlarini mamlakat hududiga joylashtirishining sabablaridan biri sifatida yangi jahon urushining boshlanish xavfini ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya bazalarini yaratishga hojat yo‘q. “Agar kerak bo‘lsa, bu yerda nafaqat baza bo‘ladi, balki Rossiya Federatsiyasining barcha Qurolli kuchlari joylashtiriladi. Agar kerak bo‘lsa. Qanday sharoitda? Yangi jahon urushini boshlash xavfi tug‘ilganda. Hozir Rossiya pul sarflab, bu yerda bazalar yaratadimi? Buning nima keragi bor?”, — deya mavzuni yopdi Lukashenko.

    “Muxolifat ichidagi muttahamlar”

    Ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan bir yil o‘tib, aytish mumkinki, urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi, bunga hatto muxolifat ham ko‘ndi — sobiq prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, “juda qimmatga tushishi” sababli boshqa ommaviy namoyishlar o‘tkazilmaydi.

    “Gazeta.ru” bilan suhbatlashgan mutaxassislar, namoyishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi turli sabablarga bog‘liq, degan fikrga qo‘shiladi. MDH mamlakatlari instituti direktorining o‘rinbosari Vladimir Jarixinning fikricha, norozilik namoyishi rahbarlari va uning ishtirokchilari Belarus aholisining katta qismi fikrini ifodalagan, ammo bu mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligini tashkil qilmaydi.

    “Belarus aholisi Ukrainadagi davlat to‘ntarishi shaklidagi norozilik namoyishi misolida bunday harakatlar juda og‘ir bo‘lishini ko‘rdi, shuning uchun ham muxolifatga xayrixoh bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy elitaning bir qismi buni o‘ta xavfli deb hisobladi. Ular to‘ntarish ularga ham zarba berishi mumkin degan xulosaga keldi, shuning uchun qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatdi”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

    Jarixinning fikricha, Lukashenko kun kelib prezidentlikdan ketadi, lekin hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darish deyarli imkonsiz — bunda elitalarning bir qismi ishtirok etishi kerak va hozircha voqealarning bunday rivojlanishiga hech qanday zamin yo‘q.

    Shu bilan birga belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunesning fikriga ko‘ra, umuman olganda, o‘tgan yilgi norozilik namoyishlarini hech kim tayyorlamagan; aslida bu qo‘zg‘olon edi, bunga an’anaviy muxolifat va tegishli partiya tuzilmalari tayyor emas edi.

    “Shubhasiz, odamlar hokimiyatni qandaydir tinch yo‘l bilan o‘tkazilishiga umid qilardi. Agar avgust oyida radikallashuv yuz berib, binolar egallab olinganida, ehtimol Lukashenko qulagan bo‘lardi. Ammo bo‘lar ish bo‘ldi”, — dedi ekspert.

    Muxolifat tomonidan boy berilgan imkoniyatga kelsak, muxolifat lagerida Lukashenkoning ketishidan unchalik manfaatdor bo‘lmagan kuchlar bor, deb davom etdi Bolkunets, ular ko‘p yillar davomida G‘arb grantlaridan mablag‘ olgan va moliyaviy ta’minotdan ayrilishni istamaydi.

    “Bu muxolifatdagi muttahamlar deb ataladi, agar Lukashenko ketsa, ular ta’minot manbasidan judo bo‘ladi — ko‘pchilik uchun bu oilaviy biznesga aylangan va odamlar ko‘p yillar davomida shu orqali kun kechirgan. Lukashenko bilan haqiqatan ham kurashayotgan muxolifatchilar endi faol siyosiy kurash olib bora olmaydi. Lukashenko tinch turmaydi, oldinga siljiydi va imkon qadar mamlakat ichidagi muxolifat harakatini parchalab tashlaydi, axborot maydonida tozalash ishlarini olib boradi va bunga qarshilik qilganlarni hibsga oladi”, — deya xulosa qildi ekspert.

    Mavzuga doir: Belarusda saylovlardan keyingi norozilik namoyishlari boshlanganiga bir yil to‘ldi. Lukashenko raqiblariga nima bo‘ldi?

    10.08.2021, 18:25   Izoh (0)   37279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YuNISEF: Afg‘onistonda 72 soat ichida 27 nafar bola o‘ldirildi

    10.08.2021, 17:24

    Pentagon Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi

    10.08.2021, 15:25

    Belarusda saylovlardan keyingi norozilik namoyishlari boshlanganiga bir yil to‘ldi. Lukashenko raqiblariga nima bo‘ldi?

    10.08.2021, 14:56

    BMT Afg‘onistondagi tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

    10.08.2021, 14:26

    Bill Geyts rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng eng boy odamlar reytingida beshinchi o‘ringa tushib ketdi

    10.08.2021, 13:25

    “Tolibon” Afg‘onistonda egallab olgan viloyat poytaxtlari soni 6 taga yetdi

    10.08.2021, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.