“2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” doirasida Eriell Group tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Sharqiy Berdaq” konining 96-sonli qudug‘idan sanoat gazi oqimi olindi. Quduq debiti 22 millimetrlik shtutserda sutkasiga 1 million 36 ming kub metrni tashkil etdi.
“Sharqiy Berdaq” koni Orol dengizi hududida joylashgan. Quduqni burg‘ilash uchun mazkur sharoitlarda burg‘ilash imkonini beruvchi, yuqori haroratli moddiy-texnik resurslardan foydalanildi.
96-sonli baholash-eksplutatsiyaviy qudug‘i “Sharqiy Berdaq” konida 4300 metr chuqurlikkacha muvaffaqiyatli burg‘ilangan ilk quduq bo‘ldi. Shu tariqa mazkur konda yangi quyi Yura balandligi ochildi. Quduqni burg‘ilash “O‘zlitineftgaz” AJ tomonidan tuzilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda Eriell Group tomonidan 96-sonli quduqni obodonlashtirish va ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Eriell Group va “O‘zbekneftgaz” AJning umumiy sa’y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.
Eriell Group matbuot xizmati
Izoh (0)