Dzyudo bo‘yicha -90 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov Tokio—2020 Olimpiadasida nimchorak va chorak final bahslarida ishtirok etdi.
1/8 finalda Bobonov ukrainalik Nyabali Kejauni yengib, chorak finalga chiqdi. Chorak finalda Davlat gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa Bobonov bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etadi. Unga ispaniyalik Nikolos Sherazadishvili raqib bo‘ladi.
Izoh (0)