Tokio—2020 Olimpiadasining 27-iyul kungi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Yozgi o‘yinlarning rasmiy to‘rtinchi kunida 22 ta medallar shodasi o‘ynaldi.
Umumiy ro‘yxat top-7 ligi o‘zgarishsiz qoldi, faqat Xitoy oltinlar soni bo‘yicha AQShga yetib oldi. Kanada va Germaniya kuchli o‘nlikka kirishga erishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 25-iyul kungi yagona oltin medal bilan 23—30-pog‘onada bormoqda.
Shu vaqtga qadar jami 234 ta medal (72 tadan oltin va kumush, 90 ta bronza) o‘z egalariga topshirildi. 56 ta mamlakat vakillari kamida bittadan sovringa ega bo‘ldi. Shuningdek, 30 ta delegatsiya, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z hisobiga oltin medal yozdirib qo‘ygan.
Qayd etish kerak, Olimpiadaning to‘rtinchi kuni ketayotganiga qaramay Ispaniya, Niderlandiya, Belgiya va Turkiya kabi mamlakatlar birorta ham oltin medalga erisha olgani yo‘q. Shuningdek, O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida faqat O‘zbekiston hisobida oltin bor.
Tokio—2020 medallar reytingi (top-10)
- Yaponiya – 10-3-5 (18)
- AQSh – 9-8-8 (25)
- Xitoy – 9-5-7 (21)
- ROQ (Rossiya) – 7-7-4 (18)
- Buyuk Britaniya – 4-5-4 (13)
- Janubiy Koreya – 3-2-5 (10)
- Avstraliya – 3-1-5 (9)
- Kanada – 2-3-3 (8)
- Fransiya – 2-2-3 (7)
- Germaniya – 2-0-3 (5)
Izoh (0)