O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda, deya xabar beradi Prezident matbuot kotibi.
Jumladan, quyidagilar qutlov yo‘llagan:
- Xitoy raisi Si Szinpin;
- Rossiya prezidenti Vladimir Putin;
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
- Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
- Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
- Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
- Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
- Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In;
- Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatlashib, tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)