“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovga “Roma” qiziqish bildiryapti.
Il Tempo’ning xabariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchi rimliklarning bosh direktori Tiagu Pintuning nazariga tushgan. Rimliklar bu borada “Jenoa” bilan aloqaga chiqqan, futbolchining narxi taxminan 15 million yevro bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, genuyaliklar futbolchining keyingi transferidan ulushga ega bo‘lmoqchi.
Shomurodov ijara asosida “Roma”ga o‘tishi ham mumkin. Rimliklar ushbu transferga Joze Mourinyo rejasiga kirmayotgan Pedroni qo‘shish ehtimoli bor. Agarda rasmiy taklif bildirilsa, “Jenoa” bu haqida o‘ylab ko‘radi.
Avval ham “Roma”dan Shomurodovga qiziqish bo‘lgani va buni Mourinyoning shaxsan o‘zi istayotgani haqida xabarlar yangragandi. Biroq futbolchining agentlari bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida ma’lum qilgandi. 2020-yilning yanvar oyida Eldorga “Yuventus”dan qiziqish bo‘lgandi. Avvalroq “Jenoa” bosh murabbiyi Davide Ballardini rahbariyatga 26 yoshli futbolchini sotishni taqiqlagani haqida xabar qilingandi.
O‘zbekistonlik hujumchi 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 31 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)