O‘zbekiston terma jamoasi va “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Krasava” kanaliga bergan intervyusida Italiyadagi faoliyati haqidagi savolga javob qaytardi.

Foto: Twitter

A Seriyada o‘zi qarshi o‘ynagan eng yaxshi uch futbolchi borasida

Italiya A Seriyasida top-o‘yinchilar ko‘p. Hujumchilar haqida ayta qolaman. Romelu Lukaku, Krishtianu Ronaldu. Unga qarshi o‘ynamadim, biroq uni kuchli ekanini bilaman — Zlatan Ibrahimovich. Ularni ichida eng yaxshisi? Bu — Ronaldu. U dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi ekanini hamma biladi, bu yerda ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q.

Italiyada ko‘nikishi qiyin bo‘lgan holatlar haqida

Birinchisi — odamlar. U yerda boshqa mentalitet. Rostovda yurgan vaqtim, bu bilinmagandi. Chunki sobiq SSSR kishilari bir-biriga o‘xshash. Ikkinchisi — til. Dastlabki oylarda yolg‘iz emas edim, bir oydan keyin sherigim ketdi va men bir o‘zim qoldim. Ochig‘i juda qiyin bo‘ldi. Ikki oycha yolg‘iz yashadim va hech kim bilan gaplashmadim. Juda qiyin bo‘ldi. Keyinchalik terma jamoa yig‘iniga keldim va qaytishda oilamni olib ketdim. Shundan keyin hammasi joyiga tushdi.

Eldor Shomurodov, “Jenoa” hujumchisi

Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgan. O‘zbekistonlik hujumchi o‘tgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.