“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

Foto: Getty Images

Genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini 26 yoshli futbolchini sotishni taqiqladi, deb xabar beradi “Match TV”. “Jenoa” o‘zbekistonlik futbolchi bilan juftlikda to‘p surish uchun hujumchi izlamoqda.

Shomurodovning o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmayapti. Yaqinda Eldor oilasini Genuyaga ko‘chirib o‘tkazgandi.

O‘zbekistonlik hujumchi 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 31 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangandi.