Daryo

Eldor Shomurodov yanvardayoq “Yuventus”ga o‘tishi mumkin

Shomurodovning Italiyadagi sarguzashtlari davom etadi

1 daqiqa o‘qish165 438 ko‘rishlar0 izoh0
GENOA, ITALY - NOVEMBER 30: Eldor Shomurodov of Genoa CFC in action during the Serie A match between Genoa CFC and Parma Calcio at Stadio Luigi Ferraris on November 30, 2020 in Genoa, Italy. (Photo by Paolo Rattini/Getty Images)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda Italiyaning “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yanvardagi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Foto: Tuttosport

Tuttosport nashri xabariga Shomurodovning xizmatlariga Turinning “Yuventus”idan jiddiy qiziqish mavjud. Turinliklar Shomurodovga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

“Yuventus” Moratani 2020/21-yilgi mavsum so‘ngiga qadar Madridning “Atletiko”sidan ijaraga olgan. Ispaniyalik futbolchi hozirda “keksa sinyora” safida barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti. Shu boisdan “Yuventus” uning o‘rniga o‘zbekistonlik hujumchi variatni ma’qul ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qayd etish joiz, “Jenoa” Eldor Shomurodov transferini 2020-yil 4-oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun “Rostov”ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.

O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 11 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eldor Shomurodovning “Jenoa” safidagi 2 ta goli va 2 ta golli uzatmasi bitta videoda — ko‘rish.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar