• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bozor ko‘rgan klub”. Futbolchilar sotuvidan daromad ko‘rish bo‘yicha “Real”ni ham, “Barselona”ni ham dog‘da qoldirayotgan “Benfika”. Ular buni qanday uddalamoqda?

    “Portugaliya an’anaviy ravishda futbolchilarni tarbiyalaydi va kuchli o‘yinchilarni sotadi. Ligamiz uzoq vaqt yuqori darajada tura olmaydi. Buning uchun top-ligalar singari qimmat telehuquqlar, klublarning esa kattagina budjeti va yosh futbolchilarni xarid qilish uchun moliyaviy kuch kerak bo‘ladi. Akademiyadan iste’dodli yoshlar avlodi yetishib chiqsa, klublar nimagadir erisha oladi. Bunga ko‘nib yashash kerak”, — deydi “Benfika” akademiyasi direktori Pedru Mil-Homens ESPN’ga bergan intervyusida

    “Benfika” nega Yevropa va Janubiy Amerika uchun yosh iste’dodlar markaziga aylanganini mana shu iqtibos tushuntirib bera oladi, deya yozadi “Le Blog Sportif” blogi.

    Bo‘lajak yulduzlar tengdoshlariga qaraganda kuchsizroq bo‘ladi — ular o‘z texnikalarini takomillashtirishi uchun muhit yaratib beriladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Benfika” akademiyasida 470 nafar tarbiyalanuvchi bor. Ular 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilishadi.

    “Boshqalar ko‘rmaydigan jihatlarni ko‘ramiz. Muvaffaqiyatimizning siri — kim katta futbolda ko‘ngildagidek faoliyat olib borishini bashorat qila olishimizda”, — degandi Goal bilan suhbatda “Benfika” akademiyasi texnik direktori Rodrigu Magalyesh.

    Bular balandparvoz gaplardek tuyulishi mumkin, lekin haqiqatan ham futbolchilarning kuchli jihatlarini ko‘ra olish ularning ma’lum bir qolipga solinishi oldini oladi.

    Yosh futbolchilar guruhida e’tibor natijalarga qaratilmaydi. Bolalar o‘yindan rohatlanishi, o‘zini erkin tutishi, o‘yinga chanqoq bo‘lishi va qiyinchiliklarni yengib o‘tishni o‘rganishi kerak.

    Pedru Markesh, “Benfika” texnik direktori

    Har bir futbolchida individual rivojlanish dasturi mavjud, ularda texnikadan to to‘g‘ri ovqatlanishgacha (murabbiylar o‘smirlar uchun 3 oylik reja tuzadi — avgustdan oktabrgacha, noyabrdan yanvargacha, fevraldan aprelgacha va har doim o‘tgan 12 haftani muhokama qiladi) kerakli ma’lumotlar bor.

    “Bernardu Silva 9—13 yosh oralig‘ida ajoyib o‘yin ko‘rsatardi, 14—16 yoshda esa tengdoshlaridan yomonroq o‘yin namoyish etgandi, — dedi Magalyesh. — Silva, Joau Felikslarning ochilishi kutdik. Ular jismoniy jihatdan ortda qolsa-da, o‘yinni yaxshi o‘qirdi, to‘g‘ri qarorlar chiqarardi va texnik jihatlarni yaxshi o‘zlashtirgandi. Vazifamiz — futbolchilarga rivojlanishga imkon berish. Chunki jismoniy tomondan tengdoshlarini quvib o‘tsa, ular parvoz qiladi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jismoniy jihatdan zaif bo‘lgan bolalar atrofdagilardan qolib ketmasligi va texnikasini rivojlantirishi uchun o‘zidan yoshi kichiklar guruhiga qo‘yiladi. Kuchliroq bolalar esa, aksincha, kattaroq guruhga yuboriladi. “Benfika” va Portugaliya terma jamoasi bo‘lajak yulduzlarining aksariyat qismi tengdoshlaridan ko‘ra zaifroq bo‘ladi. Hozirda “Manchester Siti”ning asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgan Ruben Diash ham shu yo‘lni bosib o‘tgan.

    Ruben “Benfika”ga kelganda o‘rtacha futbolchi edi. Mehnatsevarligi evaziga muvaffaqiyatga erishdi. Uning “Benfika”ga qarshi “Eshtrelu” U-11 da qanday o‘ynaganini ko‘rganman. Diash maydonda yetakchi edi. U barcha futbolchilar bilan muloqotda bo‘lar va himoyani mustahkam ushlab turardi. Rubenni yetakchilik va muloqot qila olish xislatlari bizga o‘tishiga yordam berdi

    Rodrigu Magalyesh, “Benfika” texnik direktori

    “Benfika” akademiyasidagilar 13 yoshdan boshlab haftasiga 7 soatdan maydonda mashg‘ulot o‘tkazadi, qo‘shimchasiga 90-120 daqiqa kamchiliklari ustida ishlaydi. Bu mashg‘ulotlar display panjaralar bilan o‘ralgan, uncha katta bo‘lmagan 360S nomli kvadrat maydonchada o‘tkaziladi.

    Yosh vingerlarning mashg‘ulotlari mana shunday bo‘lib o‘tadi:

    Agarda futbolchilar juda uzoq o‘ylasa va erinchoqlik qilsa, tizim ularni jazolaydi: maydonga ikkinchi to‘pni ham tashlaydi. Futbolchilar yaxshi ishlasa, ularga qaychi usulida zarba berishga ruxsat beriladi.

    Mashg‘ulotlarning bir qismi individual o‘tkaziladi. Futbolchilar natijalarni darhol bilishi va o‘tgan mashg‘ulotdagi natijalar bilan bilan solishtirishi mumkin. Biz qandaydir alohida mashqlarga bog‘lanib qolmaganmiz va o‘zimiz ham ularni o‘ylab topishimiz mumkin. Shu tariqa bolalarga yoqadigan interfaol mashg‘ulotlar yuzaga keladi.

    Nuni Maurisiu, Benfica Lab tahlilchisi va 360S murabbiyi

    13 yoshgacha bolalar 4-3-3 sxemasida o‘ynaydi. Keyinchalik esa katta futbolga tezroq moslashish uchun boshqa sxemalarda o‘ynab ko‘radi

    Futbolchilarning eng yaxshi xislatlarini yuzaga chiqarish uchun ularning ishonchini qozonish lozim. Ular nima qilayotgani va nima uchun bajarayotganini tushunishi kerak. Ular bilan bolaligidan birga shug‘ullanaman va qanday qilib ta’sir o‘tkazishni bilaman. Biz ko‘proq individual ishlaymiz, ularni oqilona tanqid qilish uchun o‘yinlardan qisqa lavhalar ko‘rsatamiz. Shunday uslublar orqali ular to‘laqonli shaxs, boshqalar oldida mas’uliyatli va jamoa uchun jon beradigan bo‘lib yetishadi.

    Luis Nasimentu, “Benfika” U-15 murabbiyi 

    13 yoshgacha bolalar 4-3-3 sxemasida o‘ynaydi. Keyinchalik esa katta futbolga tezroq moslashish uchun boshqa sxemalarda o‘ynab ko‘radi.
    Ularga o‘yinni o‘qiy olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatishimiz lozim. Ularni doimo bitta sxemada o‘ynatish xato. Mabodo jamoa yoki murabbiy almashsa, ular keyin nima qilishni bilmay qoladi. Shuning uchun akademiyamizdagi futbolchilar Pep Gvardiolani yaxshi ko‘radi. Ular texnik jihatdan kuchli va turli xil uslublarni yaxshi tushunadi.

    Luis Arauju, “Benfika” U-19 murabbiyi

    APLning 2020/21-yilgi mavsumida chempionlikka erishgan “Manchester Siti” tarkibida “Benfika” akademiyasining 4 futbolchisi bor edi: Ruben Diash, Bernardu Silva, Joau Kanselu va Ederson. Ulardan ikkitasi jamoa tarixidagi eng qimmat transferlar uchligiga kiradi.

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    “Benfica Campus akademiyasi 2006-yilda ochildi va shu vaqga qadar klubga 500 million yevro atrofida daromad keltirdi, — deydi akademiya direktori Mil-Homens 2021-yil fevral oyida. — Bizning yillik budjetimiz 10—12 million yevroni tashkil qiladi, demak, investetsiya samara bergan: bitta akademiyaning qurilganidan buyon qilgan sof daromadi 250 million yevroni tashkil qiladi”.

    Futbolchilarni tarbiyalay olish qobiliyati “Benfika”ni transferlar bo‘yicha dunyoning eng samarali jamoasiga aylantirdi.

    Transfer daromadlari (15 yil ichida 1,2 milliard yevro) — Yevropada eng yuqori darajada (“Chelsi” va “Yuventus”dan sal ko‘proq).

    Transfer balansi (+604,75 million) — birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda “Portu” (+485, 34 million), “Ayaks” (+392,33 million) va “Lill” (+340,18 million).

    Foto: Dayro/ Husan Sobitov

    Foto: Dayro/ Husan Sobitov

    “Benfika” o‘z futbolchilarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq sota oladi, lekin transferlarsiz ham daromad qilishni o‘rganmoqda

    “Benfika” tarbiyalanuvchilar strategiyaning bir qismi ekanini yashirmaydi, transferlarsiz klub budjeti kamtarona ko‘rinish olardi. Katta bo‘lmagan Portugaliya (aholisi — 10 million) hech qachon Germaniya va Buyuk Britaniyadek iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘la olmaydi, Portugaliya chempionati esa A Seriya yoki La Liga singari pul topa olmaydi.
    Top-5 ligalardagi ko‘p jamoalar telehuquqlardan ham yaxshi daromad topadi. APLdagi eng oxirgi o‘rindagi jamoa ham mediahuquqlar orqali bizdan uch baravar ko‘p pul topadi, La Ligadagi oxirgi jamoa ham shuncha pul ishlab topadi. Bozor shunaqa, biz boshqa yo‘llarni izlashimiz lozim. Bizni noto‘g‘ri mamlakatdagi to‘g‘ri jamoa deyishadi. Portugaliya haqida yomon fikr bildira olmayman, shunchaki mamlakat kichkina. Agarda biz ushbu strategiyani Angliya yoki Ispaniyada qo‘llaganimizda, natijalar fantastik ko‘rinishda bo‘lardi.Domingush Soaresh de Oliveyra, “Benfika”ning ijrochi direktori 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Benfika” Portugaliya chempionatidagi boshqa jamoalardan alohida yashaydi. 2013-yilda ular telehuquqlarini umumiy paketda sotishdan bosh tortdi va o‘z telekanalini ishga tushirdi. Asosiy tarkib va yoshlarning o‘yini uchun eng ashaddiy muxlislar obunani sotib olishi aniq edi. Shuning uchun birinchi mavsumda (2013/14) kanal voleybol, gandbol, basketbol va futbol bo‘yicha Gretsiya, Braziliya, MLS va APL o‘yinlarini namoyish etdi.

    2013/14-yilgi mavsum oxirida obunachilar soni 300 mingdan oshdi va jamoa 28 million yevro atrofida daromad ko‘rdi. 2016-yilda daromad ikki martaga ko‘paydi.

    “Avvallari telehuquqlar uchun bizga 7,5 million yevro to‘lashardi, hozir esa 40 million yevro daromad qilyapmiz. Demak, avval ham bizga to‘lashganidan ko‘proq pul olishimiz kerak bo‘lgan”, — deydi Domingush Soaresh de Oliveyra.

    2020-yil yanvar oyida “Benfika” o‘yinlarni internet orqali translyatsiya qiladigan klubning shaxsiy platformasi — Benfica Play’ni ishga tushirdi. Obuna narxi oyiga 2-3 yevroni tashkil qiladi. To‘lovni kriptavalyuta orqali qilsa ham bo‘ladi.

    “Kelajakda ushbu kontent asosiy daromad manbayiga aylanadi. Muxlislar va tomoshabinlar noyob narsa ko‘rishni istashadi va bu uchun ular pul to‘lashga tayyor”, — deydi de Oliveyra Benfica TV haqida.

    Albatta, buning ortidan megadaromad qilish imkonsizdir, lekin bu transferlarga bog‘lanib qolmaslikka imkon beradi.

    23.07.2021, 15:50   Izoh (0)   28331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turizm va sport vazirligi Olimpiada bayroqdorlarining o‘zgarishiga sabab qilib Boturovning 24-iyulda jang qilishini ko‘rsatdi. Aslida bokschi 27-iyulda ringga chiq...

    23.07.2021, 15:05

    Eldor Shomurodov Rimga yo‘l olishi mumkin, unga “Roma”dan qiziqish bor

    23.07.2021, 13:46

    “Ishtiyoqim so‘ndi”. Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston bayroqdorlarining o‘zgartirilishi haqida

    23.07.2021, 13:01

    Tokio—2020 Olimpiadasi ochilish marosimiga bir kun qolganda O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

    23.07.2021, 11:07

    Tokio—2020. Bugun yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

    23.07.2021, 10:01

    “Jenoa”da qoladigan Eldor Shomurodov, Olimpiadadagi raqiblarini bilib olgan o‘zbekistonliklar, keyingi jangi sanasi ma’lum bo‘lgan Hasanboy Do‘stmatov. Eng so‘nggi...

    22.07.2021, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorildi (video)

    O‘zbekiston | 10 iyul, 12:07

    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

    Reklama | 10 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda 40-50 yillik avtomashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin

    O‘zbekiston | 10 iyul, 11:55

    Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida 2 ta yuk kemasini cho‘ktirdi (video)

    Dunyo | 10 iyul, 11:40

    Xabi Alonso: “Bu o‘yin bizga saboq bo‘ldi”

    Sport | 10 iyul, 11:30

    Qon bosimini tushirishga yordam beruvchi 6 samarali ichimlik

    Salomatlik | 10 iyul, 11:20

    AQSH BMT vakiliga G‘azoga hujumni qoralagani va XJSni qo‘llagani uchun sanksiya kiritdi

    Dunyo | 10 iyul, 11:10

    Issiq kunlarda nima ichish va ichmaslik kerak?

    Maslahatlar | 10 iyul, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.