Qashqadaryoda bemorga kasallik tarixi ochish uchun undan 5 ming so‘m so‘ragan tibbiyot xodimi ishdan olingani xabar qilingandi. “Adolat” SDP xabar berishicha, shifokor G‘.A. yana qayta ishga tiklandi.
Ta’kidlanishicha “Adolat” SDP viloyat va tuman kengashi deputatlari ushbu holatni o‘rgangan.
Unga ko‘ra, tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda feldsher G‘.A.ni har tomonlama yaxshi ishlashi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Shundan so‘ng muolaja feldsheri G‘.A.ni o‘z o‘rniga qayta tiklash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borildi.
Bloger Bahodir Ahmedovning yozishicha, shifokorlar bemorga kasallik tarixi daftari, zarur jihozlar, kanselyariya tovarlari bilan “tepadan” ta’minlanmayotgani aniqlangan.
Bundan avval O‘zbekiston IIVning nohaq ishdan bo‘shatilgan sobiq xodimasi oradan 8 yil o‘tib lavozimiga tiklangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)