“Xalq banki” Finastra Fusion Risk negizida xatarlarni hamda bank aktiv va passivlarini boshqarish tizimida avtomatlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘ldi.
2021-yil 13-iyul kuni “Xalq banki” tomonidan xalqaro standart talablariga javob beradigan Fusion Risk dasturiy ta’minotini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida “Xalq banki” boshqaruvi raisi Farhod Islomovich Salamov, Finastra vakillari va bank xodimlari joriy qilingan tizimning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Fusion Risk qatoriga shunday tizimlar kiradiki, ular risk-menejment bo‘yicha boy xalqaro tajribani umumlashtirgan bo‘lib, turli moliyaviy xatarlarni, shu jumladan, butun bank miqyosidagi xatarlarni ham kompleks boshqarish vazifalarini hal qiladi.
Joriy etilgan tizim bankka xatarlarni identifikatsiya qilish, kredit xatari, bozor tavakkalchiligi, likvidlik xatari, foiz stavkalari o‘zgarishi xatari, boshqariluvchi metrik xatarlar (ALM va IFRS-9) va stress-test o‘tkazish kabilarni boshqarish uchun to‘liq funksiyani taqdim etdi.
Fusion Risk dasturiy ta’minoti “Xalq banki”dagi biznes jarayonlarni optimallashtirishga imkon beradi, IFRS-9 talablariga muvofiq hisobotlarni tayyorlash uchun vaqt va mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Veb-sayt: xb.uz
E-mail: info@xb.uz
Telegram kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call-center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Facebook: Xalq Banki
Instagram: xalqbankinfo
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)