• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu bizga to‘g‘ri kelmaydi” — Adliya vaziri amaldorlarga MChJ ta’sischisi bo‘lishni taqiqlash yuzasidan taklif kiritilishini aytdi

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2021-yilning 6-iyul kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori haqida gapirarkan, qaror loyihasi muhokamasi paytida mavjud bo‘lgan “tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi qat’iyan taqiqlanadigan davlat mansabdorlari ro‘yxatini belgilash haqidagi” band nima sababdan chiqarib yuborilganiga oid savolga izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilmoqda.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Muhokamaga qo‘yilgan bandda Adliya vazirligi Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qat’iyan taqiqlangan davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflarni kiritish yuzasidan topshiriq yozilgan edi.

    Xuddi shu band turibdi, faqat ‘aniq ro‘yxati’ deyilmasdan, o‘rniga ‘davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi’ga almashtirildi. Ya’ni bu masala ochiq qolyapti, degan ma’no kelib chiqmayapti”, — dedi Davletov.

    Uning ta’kidlashicha, amaldorlarga tadbirkorlik qilish bugungi qonunchilikda taqiqlangan.

    “Davlat xizmatchilariga bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi amaldagi qonunda turibdi. Birinchidan, 2016-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan ‘Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari’ hujjatida amaldorlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga taqiq qo‘yilgan. Ikkinchidan, hukumatning 1992-yildagi 103-sonli qaroriga asosan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati tasdiqlangan”, — dedi adliya vaziri.

    Uning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari yakka tartibda tadbirkorlik qila olmaydi, xolos, ammo MChJ ta’sischisi bo‘lishga haqli.

    “Tadbirkorlik faoliyati degani, nima degani? Agar ‘Tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida’gi qonunga qaraydigan bo‘lsak, tadbirkorlik bu tavakkalchilik evaziga o‘zining faoliyatidan kelib chiqib, tizimli ravishda daromad olishga mo‘ljallangan faoliyat turi hisoblanadi.

    Amaldor tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullansin deganda, bugungi kundagi qonunchilik bo‘yicha faqat tushuniladiki, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishi mumkin emas, degan ma’no chiqadi.

    Lekin agar mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi bo‘lsa, bugungi kundagi qonunchilik bo‘yicha, bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi. Va bu tartib bizga to‘g‘ri kelmaydi, biz buni qayta ko‘rib chiqib, mana shu takliflarni beryapmiz.

    Davlat xizmatchilari MChJ ta’sischisi bo‘lolmaydi, degan norma mana yaqinda Rossiyada ham kiritildi, boshqa davlatlarda ham bor”, — dedi Ruslanbek Davletov.

    Davletov manfaatlar to‘qnashuvi bilan tadbirkorlikni aralashtirmaslik kerakligini aytdi.

    “Qurilish vazirligi hamda Jizzaxda bo‘lgan holatlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish emas. Bu manfaatlar to‘qnashuvi, degan masala. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan tadbirkorlikni aralashtirmaslik kerak.

    Manfaatlar to‘qnashuviga mansabdor shaxsning qarindoshlariga tegishli kompaniyalar yoki uning obyektiv qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Mansabdor shaxs bu holatda qaror qabul qilishdan chetlatilishi lozim.

    Mana shu holatlar bo‘yicha alohida qonun ishlab chiqish belgilangan. Buni Adliya vazirligi ishlab chiqib, oxiriga yetkazyapti”, — dedi u.

    Mavzuga doir:

    • Oliy sud raisi o‘rinbosari korrupsionerlarga nisbatan tayinlangan jazolar yengillashtirilmasligini aytdi
    • O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlik qanday kuchaytirilishi ma’lum qilindi

    13.07.2021, 22:56   Izoh (0)   26579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors Cobalt’ning yangi ranglari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    13.07.2021, 22:39

    O‘zbekistonda 2021-yilda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi

    13.07.2021, 22:10

    Namanganda 23 yoshli yigit shifoxonada ishlovchi tanishining yuzini kuydirib, uning 7,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlari va telefonini olib qochdi

    13.07.2021, 21:42

    Namanganda yog‘gan do‘l va uning oqibatlari – suratlarda

    13.07.2021, 21:26

    Buxorodagi OTMda koronavirusni tez fursatda aniqlash va aniq tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya ish boshladi

    13.07.2021, 21:12

    “Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘q” – Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari

    13.07.2021, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.