• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlik qanday kuchaytirilishi ma’lum qilindi

    9-iyul kuni AOKAda korrupsiya masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Oliy sud mutasaddilari ikki muhim hujjat, shuningdek, korrupsiya masalalariga oid savollarga javob berib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Matbuot anjumani O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikki hujjat: “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlandi.

    Unda ishtirok etgan bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev korrupsiyaviy jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari borasida to‘xtaldi. Shuningdek, farmon va qaror ishlab chiqilguncha Bosh prokuratura tomonidan xorijiy tajribalar o‘rganilib, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilganini bildirdi.

    Xususan, 2021-yilning aprel oyida “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etganlarning 62 foizi korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlik choralarini qat’iylashtirish eng samarali choralardan biri sifatida baholagani, bu ham farmonda o‘z aksini topayotgani qayd etdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Bu borada xorij tajribasiga nazar tashlasak, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha keskin jazo choralari AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirligi va Saudiya Arabistonida qo‘llaniladi. Shuningdek, Qozog‘iston, Rossiyada pora olganlik uchun maksimal jazo miqdori muayyan lavozimni egallash huquqini umrbod cheklagan holda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, — dedi Valiyev.

    O‘zbekistonda pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun maksimal jazo miqdori 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

    Ukrainada mol-mulkni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Bu jinoyat Gruziyada 11 yilgacha, Ozarbayjonda 14 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘zbekistonda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun maksimal jazo 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish etib belgilangan.

    Shu bois joriy yilning 6-iyul kuni imzolangan Prezidentning korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan farmonida Bosh prokuraturaga tegishli idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi belgilandi:
    • korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
    • daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
    • korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.

    Bosh prokuror o‘rinbosari Bahriddin Valiyev.

    Bosh prokuror o‘rinbosari Bahriddin Valiyev.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
    Barchangizning xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 14-maydagi “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3723-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasidan ham o‘tkazildi. Mazkur yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasida ham korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Pora predmeti sifatida nafaqat moddiy manfaatdorlik, shuningdek, nomoddiy manfaatdorlik ham kiritilmoqda.

    Xalqaro ekspertlar tavsiyalariga ko‘ra, 3 turdagi harakatlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda:

    • nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish;
    • davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish;
    • davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi.
    Bahriddin Valiyev, bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari
    Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Bosh prokuraturada maxsus ishchi guruhi tashkil qilingani, xorijiy tajriba, keng jamoatchilik fikri va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari inobatga olingan holda belgilangan muddatlarda qonun loyihalari ishlab chiqilishi ta’minlanishi ta’kidlandi. Valiyev mazkur jarayonda har bir mutasaddi idora vakillarining faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘radi.

    Mavzuga doir:

    • Bosh prokuror o‘rinbosari o‘tgan 4,5 yilda korrupsiya oqibatida davlat va fuqarolar manfaatiga qancha zarar yetganini ma’lum qildi
    • “Yuqoridan pastga qarab” – Akmal Burhonov Prezident va bosh vazir ham yil davomida topgan daromadini deklaratsiyalashi rejalashtirilayotganini aytdi

    09.07.2021, 20:42   Izoh (0)   27582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yana 100 va 300 o‘rinli kovid-markazlar ochiladi

    09.07.2021, 20:11

    Bosh prokuror o‘rinbosari o‘tgan 4,5 yilda korrupsiya oqibatida davlat va fuqarolar manfaatiga qancha zarar yetganini ma’lum qildi

    09.07.2021, 19:41

    O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi

    09.07.2021, 19:25

    Qarshidagi reydda hushini yo‘qotgani aytilgan fuqaro YPX xodimini tepgani, IIB xodimlari bunga javoban uni bo‘g‘ib olgani tasvirlangan video tarqaldi

    09.07.2021, 19:10

    “Yuqoridan pastga qarab” – Akmal Burhonov Prezident va bosh vazir ham yil davomida topgan daromadini deklaratsiyalashi rejalashtirilayotganini aytdi

    09.07.2021, 18:40

    Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroni vaksina o‘rniga suv bilan emlangani aytilgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

    09.07.2021, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.