Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda Prezident tomonidan imzolangan farmon bilan korrupsion jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni og‘irlashtirish kutilmoqda. Bu haqda 9-iyul, juma kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

“Ko‘pchilikda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashdan yengillashtiruvchi normalarni qo‘llashga cheklov belgilash deganda nimani tushunamiz, degan savol tug‘ilishi mumkin.

Bizning jinoyat kodeksimiz o‘zining liberalligi bilan tanilgan. Aytaylik, jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan tayinlangan jazoni jinoyatning og‘irlik darajasi va jazoning miqdoridan kelib chiqib, mahkum jazoning muayyan muddatini o‘tagan, bu jarayonda tuzalish yo‘liga o‘tgan taqdirda, jazoning o‘talmay qolgan qismini manzil koloniyasida o‘tashi yoki axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi mumkin. Shuningdek, shartli ravishda jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod qilinishi ham belgilanadi”, — dedi Muslimov.

Uning qayd etishicha, shu sababli ko‘p hollarda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning belgilangan jazo muddatidan oldin qamoqdan chiqish holatlari uchrab turadi. Bu esa adolat prinsipiga to‘g‘ri keladi.

“Biroq korrupsion jinoyatlar shu darajada og‘ir jinoyatlar hisoblanishini inobatga olgan holda, mana shu cheklovlarni korrupsion jinoyat sodir qilgan shaxslarga qo‘llamaslik masalasi qo‘yilayotganligi ham bugungi kunda masalaning dolzarbligidir. Va bu oxirgi zarurat sifatida belgilanishi lozim bo‘ladiki, mana shunday jinoyatni sodir etgan shaxsni ko‘rgan boshqa mansabdor o‘ziga xulosa chiqaradi, degan fikrdamiz.

Bundan tashqari, Prezident farmoni bilan aynan korrupsion jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni og‘irlashtirish masalasi ham qo‘yilgan. Farmon ijrosini ta’minlashda qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan bugungi kundagi amaliyotni o‘rgangan holda, farmonda belgilangan vazifalarni ham o‘z vaqtida bajaramiz”, — dedi Oliy sud raisi o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi