• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Do‘stlik ritmlari” noyob videoroliklar tanlovi yakuni sarhisob qilindi

    Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi hamda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan birgalikda, “Do‘stlik ritmlari” videoroliklar tanlovi yakuni sarhisob qilinib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    Eslatib o‘tamizki, mazkur tanlov 20-aprel kuni boshlangan edi. Uning ishtirokchilariga Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlariga bag‘ishlangan yoki Xitoy haqidagi taassurotlarni o‘zida aks etgan videorolikni suratga olish taklif etilgan edi. Videoroliklar formati ixtiyoriy bo‘lishi mumkin edi (masalan, tanlovga TikTok uchun qisqa video, katta bo‘lmagan hujjatli film, intervyu, lavha yoki tok-shoular qabul qilingan). Eng muhimi – kreativ yondashuv talab etilib, yagona qoida — videoning davomiyligi 5 daqiqadan oshmasligi kerak edi.

    Tanlov o‘zbekistonliklar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Birinchi bosqichda 60 dan ortiq turli format va janlardagi roliklar qabul qilingan. Shunisi e’tiborliki, roliklar mamlakatning turli burchaklari, xususan, ayni paytda Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tomonidan ham yuborilgan.

    Qatnashganlarning yoshi va kasbiga keladigan bo‘lsak, deyarli barchada operatorlik iste’dodi bor ekan. Masalan, tanlovda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, huquqshunoslar va iqtisodchilar, sanoat korxonalari ishchilari, uy bekalari, shifokorlar va IT-sanoati mutaxassislari ishtirok etgan. Ishtirokchilarning yosh doirasi 11—45 yoshni tashkil qilgan.

    Ikkinchi bosqichga hakamlar hay’ati tomonidan saralab olingan 28 ta ish o‘tgan. Shundan so‘ng ovoz berish jarayoniga o‘zbekistonlik foydalanuvchilar qo‘shilgan. Tanlovga topshirilgan ishlarni jami 1000 kishi ko‘rgan, ular uchun 40 000 ta ovoz berilgan.

    “Xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik uzoq tarixga borib taqaladi. Bundan 2000 yil avval Buyuk ipak yo‘li Xitoy va O‘zbekistonni bir-biriga chambarchas bog‘lab, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona almashuvlarni sezilarli darajada rag‘batlantirib kelgan. So‘nggi yillarda rais Si Szinpin va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Xitoy—O‘zbekistonning keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, turli sohalarda, shu jumladan, birgalikda ‘Bir kamar, bir yo‘l’ni qurish borasidagi hamkorligi izchil kengaymoqda va chuqurlashib bormoqda”, — dedi XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya avj olganidan buyon Xitoy va O‘zbekiston xalqlari birlashib, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda bir-biriga har tomonlama yordam berish barobarida, do‘stona munosabatlar tarixida birgalikda yangi sahifa ochgan.

    “Kuni kecha Xitoyda tantanali ravishda kommunistik partiya tuzilganining 100 yilligi nishonlandi. Tez orada O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlaydi. Kelgusi yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Ishonchim komilki, Xitoy va O‘zbekiston xalqlari bundan keyin ham do‘stlashib, milliy farovonlik yo‘lini birgalikda bosib o‘tishadi. Umid qilamanki, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, Xitoy—O‘zbekiston munosabatlari rivojiga yanada katta hissa qo‘shasiz”, — deya ta’kidladi diplomat.

    ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ildizlari uzoq o‘tmishga, Buyuk ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Ikki ming yil avval ikkala xalq orasida do‘stona almashinuv, Sharq va G‘arb o‘rtasida o‘zaro o‘rganish va o‘zlashtirishlar o‘rnatilib bo‘lingan.

    “O‘tgan qariyb 30 yil davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanib, samarali natijalarni berdi. Har ikki mamlakat doimiy ravishda o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlamoqda, boshqa tomonning rivojlanish yo‘lini hurmat qilmoqda, suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikni himoya qilish borasidagi o‘zaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, tenglik va o‘zaro hurmat asosida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirmoqda”, — dedi u.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va do‘stona aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Valeriy Tyan bugungi kunda davlatlar o‘rtasida millatlararo munosabatlar va xalq diplomatiyasining turli yo‘nalishlari izchil rivojlanib borayotgani, bu borada XXR elchixonasi juda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

    “Tanlovga taqdim etilgan roliklar o‘zining xilma xilligi va qiziqarliligi bilan e’tiborni tortadi. Ularda ikki mamlakat tarixi, madaniyati, san’ati, an’analari va me’morchiligi aks ettirilgan. Shunisi quvonarliki, koronavirus pandemiyasi hamon dunyo bo‘ylab avj olayotgan bir paytda bu voqea minglab insonlarni do‘stlik yo‘lida birlashtira oldi. Bunday tadbirni o‘tkazish barchamiz uchun katta yutuq deb hisoblayman”, — dedi u.

    Tanlovda ishtirok etish natijalariga ko‘ra, 21 nafar g‘olib maxsus sovrin egasi, birinchi, ikkinchi va uchinchi daraja laureatlari, shuningdek, rag‘batlantiruvchi sovrin egasi kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

    “Men Sirdaryoda yashayman, ammo shuni aytish mumkinki, Xitoy men uchun ikkinchi uy. Mening omadim chopgan — 7 yil davomida Xitoyda tahsil oldim va o‘sha paytda bo‘lajak rafiqam bilan tanishdim. U asli xitoylik qiz. Bundan bir necha yil avval maktablardan birida, xitoy tili sinfini ochish bo‘yicha muhim loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldik. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi sinfni texnik jihozlash bo‘yicha yordam berdi”, — dedi tanlov g‘olibi Murodjon Kenjaboyev.

    Ikkinchi daraja laureati bo‘lgan Rimma Sabirjanova ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

    “Meni professional suratga oluvchi deyish qiyin, shunga qaramay, tanlovda ishtirok etishga qaror qildim va yutqazmadim. Xitoy juda ko‘p qirrali mamlakat, har safar bu haqida biror nima o‘qiganda yoki internetda videolarni tomosha qilganda, u yerda qancha qiziqarli narsalar borligiga hayron qolasiz. Umid qilamanki, hammaning joniga tegib ulgurgan pandemiya yaqinda tugaydi, nihoyat men Xitoyga bora olaman”, — dedi u.

    Tanlov g‘oliblarining ro‘yxati

    Maxsus sovrin egasi:

    Murodjon Kenjaboyev

    1-daraja laureatlari:

    1. Usmonova Gulrux

    2. Hikmatov Daler, Hikmatova Sevil

    2-daraja laureatlari:

    1. Bobojonov Asadbek

    2. Baxtiyorova Iroda

    3. Sabirjanova Rimma

    3-daraja laureatlari:

    1. Lyu Yana

    2. Vahobova Niginabonu

    3. Ivasyuk Olesya

    4. Jo‘rayeva Zebiniso

    5. To‘ychiyev Mirsolim

    Rag‘batlantiruvchi sovrin egalari:

    1. Fedorova Vera

    2. Cherkasova Arina

    3. Umarova Lobarxon

    4. Usmonova Azizaxon

    5. Karimova Yasmina

    6. Hikmatova Adel

    7. Mechetner Nalan

    8. Axmetova Alina

    9.Bashirullayeva Ruxsora

    10. To‘xtamishev Abdurasul

    Reklama huquqi asosida.

    08.07.2021, 18:00   Izoh (0)   26457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hyundai’ni sevuvchilar uchun yozgi aksiya!

    08.07.2021, 16:30

    Chiroyli uyda — chiroyli hayot! “Asakabank”dan ipoteka kreditlari

    08.07.2021, 15:00

    Toshkentda uchinchi UDAW dizayn va arxitektura haftaligi bo‘lib o‘tadi

    08.07.2021, 12:00

    Alfraganus — shahar markazidan 5 daqiqalik masofada joylashgan tayyor ijara biznesi

    08.07.2021, 09:00

    “Agrobank” Fermerlar maktabining 2-o‘quv mavsumi uchun arizalarni qabul qilish yakunlanmoqda! 

    07.07.2021, 19:30

    Deputat Shohista Turg‘unova: “Temir daftar”dan chiqarish shunchalik osonmi?

    07.07.2021, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.