• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Qanday qilib dunyodagi eng boy odamga aylanish mumkin: Jeff Bezosga muvaffaqiyat keltirgan 10 qoida

    5-iyul kuni Jeff Bezos rasman Amazon bosh direktori lavozimidan ketdi. U ushbu lavozimda kompaniya tashkil etilgan kundan boshlab roppa-rosa 27 yil davomida ishladi. Bezos qanday qilib dunyodagi eng qimmat brendlardan biriga asos solishga muvaffaq bo‘ldi va uning shaxsiy sirlari nimada? Milliarderning o‘zi tomonidan tuzilgan biznes yuritish qoidalari bilan tanishamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Jeff Bezos Merilend shtatida joylashgan BBC assotsiatsiyasi konferensiyasida nutq so‘zlamoqda, 2018-yil 19-sentabr

    Sayyoradagi eng boy odam Jeff Bezos o‘tgan yili haqiqiy shov-shuvli shaxsga aylandi. Tarixdagi birinchi trillioner odam pandemiya bo‘lishiga qaramay, shuhrat cho‘qqisiga chiqdi. 2021-yilning fevralida Bezos shu yilning uchinchi choragida Amazon kompaniyasining bosh direktori lavozimidan ketishini va hozirda Amazon veb-servislari rahbari Endryu Jessini o‘rniga qoldirishini e’lon qildi va u va’dasini bajardi. Endi Jeff kompaniyaning ijroiya raisi bo‘ladi va yangi mahsulotlar va yechimlarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Dunyodagi eng boy odamni muvaffaqiyatga olib borgan biznes tamoyillari haqida bizga nima ma’lum?

    Aqlga emas, yurakka quloq soling

    Ko‘pincha aql bizga maqsadga erishishga xalaqit beradigan narsalar haqida eslatib turadi. Masalan, ehtiyot bo‘lish haqida. Yurak biror-bir narsani qil, aql esa buni qilma, deydi. Ko‘proq tavakkal qilish va tez-tez g‘alaba qozonish uchun tajribaga emas, balki ichki ovozga suyaning.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Jeff Bezos Vashington iqtisodiyot klubida, 2018-yil 13-sentabr

    Afsuslanmang

    Biznesda har doim orqaga qarab vaqtni yo‘qotmasdan, oldinga intilish kerak. Afsuslanadigan holatlar bo‘ladi, ammo muvaffaqiyatga erishish uchun buzg‘unchi fikrlarning ochilgan imkoniyatlarni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Maqsadingizga erishganingizdagina orqaga qarashingiz mumkin, ammo u paytda afsuslanishga hojat qolmaydi.

    Mahsulotingizni muvaffaqiyatli nomlang

    Ko‘pincha mahsulot nomi va diqqatni tortuvchi jihati bilan e’tiborni tortadi va bu xaridorni pul sarflashga undaydi. Aniq bo‘lmagan nom do‘konlarda faqat orqa javonlarni va omborlarda katta qoldiqlarni yuzaga keltiradi. Qiziqishni oshirish uchun potensial mijozlar orasida hayrat va qiziqish uyg‘otadigan, ularni hech bo‘lmaganda mahsulotingizga qarashga majbur qiladigan nom tanlash kerak.

    Fikr bildiring

    Siz hech kimning huquqlari uchun kurashuvchi bo‘lishingiz shart emas, lekin sifat kabi muhim masalalarni targ‘ib qilish va mahsulotingiz doimo iste’molchining talablariga javob berishini ta’minlash har qanday biznesda muhim jihatdir. O‘z fikrlarini himoya qila olmaydigan yoki hech narsaga kafolat bera olmaydigan yoki istamaydigan korxona bankrotlikka mahkum.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Jeff Bezos Sietlda birinchi Fire Phone smartfonini namoyish qilmoqda, 2014-yil 18-iyun
    Marketingdan ko‘ra mahsulot muhimligini unutmang

    Mahsulotingizga qancha ko‘p mablag‘ sarflasangiz, shuncha kerakli narsaga aylanadi. Agar mijozlaringiz reklamangiz qiziqroq bo‘lgani uchun emas, balki mahsulotlaringiz boshqalarnikidan yaxshiroq ekanligi sababli sizdan xarid qilishini istasangiz, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz. Agar marketing strategiyasi yaxshi bo‘lsa-yu, mahsulotning o‘zi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, bu biznes uzoq davom etmaydi. Mahsulotingiz sotib olishga arzishiga va ko‘proq xaridorlarni jalb qilishiga ishonch hosil qilish uchun sifatga e’tibor bering.

    E’tiboringizni mijozga qarating

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Jeff Bezos Nyu-Dehli shahridagi Javaharlal Neru stadionida har yili o‘tkaziladigan Amazon Smbhav tadbirida, 2020-yil 16-yanvar
    Mahsulot ham, g‘oya ham bo‘lsa, endi xaridorga e’tiboringizni qarating – ular biznesingiz tayanchidir. Mijozingizning ehtiyojlariga e’tibor bering, ular xohlagan narsani hisobga oling. Agar ular mahsulotingizdan qoniqishsa, bu uchun ularga minnatdorchilik bildirishni unutmang. Mijozlarini e’tiborsiz qoldiradigan, faqat foydani ko‘zlaydigan biznes sodiqlikni yo‘qotadi va shuning uchun u qadar ishonchli bo‘lmaydi.

    Premium mahsulotlarni arzon narxlarda taklif qiling

    Ko‘pchilik sevimli narsalarini tayyorlash uchun, aslida, qancha mablag‘ sarflanishini bilib, hayron qolishadi. Ba’zi mahsulotlar, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayoni yoki noyob materiallar tufayli qimmatga tushadi, ammo ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan arzon bo‘lib, narxlar chakana sotuvchilar hisobiga ko‘tarilib ketadi. Raqobat muhitida siz eng yaxshi mahsulotlarni arzon narxda — o‘rtacha sotuvchidan pastroq narxda taklif qilishingiz kerak.

    Butun boshli madaniyat yarating

    Aksariyat korxonalar mavjud bo‘lgan madaniyatni o‘zlashtirib, o‘zlaridan uncha-muncha narsa qo‘shadi, xolos. Shunchaki biror-bir narsa qo‘shish kerak emas, balki o‘zingizning madaniyatingizni mustaqil yaratishingiz kerak. Bezosning eslashicha, Amazon’gacha onlayn xarid qilish hozirgi ko‘rinishida deyarli mavjud bo‘lmagan.

    Ishingizni ishtiyoq bilan bajaring

    Ishtiyoqsiz biznes mexanik va jonsiz bo‘lib, keyinchalik ish ozgina qoniqish keltiradi, pul ishlashga bo‘lgan ishtiyoq susayadi. Boshqacha qilib aytganda, biznesingiz quyosh chiqqandan to botgunicha davom etadigan bema’ni poygaga aylanib qoladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Bezos Las-Vegasdagi mehmonxonada o‘tkazilayotgan Robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha Amazon Re: MARS konferensiyasida , 2019-yil 6-iyun

    Tavakkal qiling

    Ba’zan ishingizga boshingiz bilan sho‘ng‘ishingiz kerak, garchi bu muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa ham. Har qanday biznesning eng yomon tomoni shundaki, siz doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrash ostonasida turasiz. Buning yaxshi tomoni esa o‘xshamagan narsani bilib, to‘g‘ri yo‘lga tushib olasiz. Xavf — bu muvaffaqiyatsizlik emas, balki biznesda qurilgan ideallarga muvofiq yashash istagi. Hech qachon sizda bo‘lmagan narsaga erishish uchun ilgari qilmagan ishingizni qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak.

    Mavzuga doir: 

    • Milliarderlar qalbini zabt etgan ayollar (foto)
    • “O‘zingizni kambag‘aldek his qilib ko‘ring”. Amerikalik dasturchi Jeff Bezosning daromadini hisoblaydigan sayt yaratdi
    • Foto: Dunyodagi eng badavlat kishilarning umr yo‘ldoshlari
    • Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi dunyodagi eng boy ayolga aylandi

    07.07.2021, 17:57   Izoh (0)   27084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Komada yotgan rossiyalik xonanda MakSimning ahvoli og‘irlashib qolishi sababi ma’lum qilindi

    07.07.2021, 15:40

    Instagram: Xonanda Imron uylandi, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini Italiyada nishonlagan san’atkor, koronavirusga chalingan Tolibjon Isroilov

    06.07.2021, 22:07

    Muhtasham qaytish: Maryam Uzerli yangi filmda Juliya Roberts o‘ynashi kerak bo‘lgan qahramon rolini ijro qiladi

    06.07.2021, 15:40

    Bollivud yulduzlari suratga olish jarayonida qanday ovqatlanishni ma’qul ko‘radi? (foto)

    06.07.2021, 13:40

    Instagram: “Do‘zaxga tushadigan” Bobur Yo‘ldoshev, otasiga Hyundai sovg‘a qilgan xonanda, Malika Ravshanovaning onasiga syurprizi

    05.07.2021, 22:21

    Dunyodagi eng badavlat aktyor qanday ko‘rinishga ega va nega uni ko‘pchilik tanimaydi? (foto)

    05.07.2021, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eldor Shomurodov: “Bu safar xato qilishga haqqimiz yo‘q”

    Sport | 29 may, 09:55

    O‘zbekistonda sotuvchilar tovarni vaqtida yetkazib bermasa, penya to‘lashi ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi

    O‘zbekiston | 29 may, 09:52

    Rossiyaning yadroviy bazalari sxemasi internetda tarqaldi (foto)

    Dunyo | 29 may, 09:41

    Ovqatdan keyingi ko‘ngil aynishi va holsizlikka qarshi qanday chora ko‘rish mumkin?

    Salomatlik | 29 may, 09:19

    YKL. “Chelsi” “Betis”ni yirik hisobda mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 29 may, 09:12

    Ilon Mask davlat ishidan ketayotganini e’lon qildi

    Dunyo | 29 may, 09:05

    O‘zbekistonga Rossiya va Qozog‘istondan 5,3 mlrd so‘mlik dori vositalari yashirincha olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 29 may, 08:58

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.