Bir kunda 100 ta jasad kelgan qabriston, Yevropadagi virtual ko‘prik, Suvayshdan ozod bo‘lgan Ever Given. 7-iyul suratlari
7-iyul kuni dunyoning turli burchaklarida olingan suratlarni namoyish qilamiz.
To‘rt nuqtali barg qo‘ng‘izi va chumolining uchrashuvi. Krasnodar viloyati.Foto: “TASS”
Kiyevda Kupala kechasi milliy bayrami nishonlandi. Bu an’anaviy slavyanlar bayrami bo‘lib, u yilning eng qisqa tunida, ya’ni 21—22 yoki 23—24-iyun kunlari, sharqiy slavyan mamlakatlarida esa an’anaviy Julian taqvimiga ko‘ra 6-dan 7-iyulga o‘tar kechasi nishonlanadi.Foto: EPA
Italiya terma jamoasi ishqibozlari Ispaniya ustidan qozonilgan g‘alaba va jamoaning Yevro—2020 finaliga chiqqanini nishonlamoqda.Foto: Getty Images
Sudan poytaxti chekkasidagi al-Takamol lagerida yashovchi janubiy sudanlik qochqin chodirining ichidan jilmayib turibdi.Foto: AFP
Londondagi “Oq kub” galereyasida xitoylik rassom Lyu Vey ko‘rgazmasining press-prevyusi bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash paytida qishloqlarga yetib borish uchun soydan o‘tmoqda. Jamoa Hindiston nazorati ostidagi Himolay mintaqasining o‘tloqlarida cho‘ponlar va ko‘chmanchi chorvadorlarni emlash uchun uzoq masofalarga sayohat qilishga to‘g‘ri kelmoqda.Foto: AP Photo
Tashrif buyuruvchilar Kiyevdagi Merman art-installyatsiyasini tomosha qilmoqda.Foto: EPA
Bir-biridan 550 kilometr masofada joylashgan Polshadagi Lyublin shahri bilan Litvadagi Vilnyus shahrini virtual ko‘prik orqali bog‘laydigan ekranga qarata qo‘l siltayotgan ayol.Foto: Getty Images
Pekinlik rassom Lyu Veyning Londonda joylashgan “Oq kub” galereyasidagi ko‘rgazmasidan o‘rin olgan installyatsiya.Foto: Shutterstock
Indoneziyada koronavirus bemorlarining o‘limi keskin o‘smoqda.Foto: Getty Images
Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Dyuzche shahri uzoq davom etgan yomg‘ir tufayli toshqinlardan zarar ko‘rmoqda.Foto: Getty Images
Dortmund botanika bog‘ida katta hajmdagi amorfofallus o‘simligi gulladi.Foto: Getty Images
Global isish tufayli qurib qolish xavfi ostida bo‘lgan dunyodagi eng katta sho‘r ko‘llardan biri bo‘lgan Erondagi Urmiya ko‘lida o‘ynayotgan qizcha.Foto: Getty Images
Pekindagi uy hayvonlari bozorida qush qafasi sotuvchisi.Foto: AFP
Bir kunda 100 dan ortiq jasad qabul qilgan Jakartadagi Rorotan qabristonida yig‘layotgan ayol. Indoneziyada o‘lim holatlari soni oshib bormoqda.Foto: Shutterstock
Ukrainaning Xalq me’morchiligi va hayoti milliy muzeyida Kupala kechasi tantanasida gulchambar taqqan ayollar gulxan ustidan sakrab o‘tmoqda.Foto: Shutterstock
Yevro—2020 yarim finalida Angliyaga qarshi o‘yin oldidan Londonda yig‘ilgan daniyalik futbol muxlislari.Foto: AP Photo
Kann kinofestivali ochilish marosimida va “Annette” filmining namoyishi uchun kelayotgan mehmon.Foto: Reuters
Nyu-Yorkning Kvins tumanida otishma sodir bo‘lgan joy yaqinidagi belgilarga qarab turgan bolakay.Foto: Reuters
Izoh (0)