Rossiyaning Sibir mintaqasi, Novosibirsk shahrida og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol Vatanga qaytariladi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Ma’lum qilinishicha, 7-iyul kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi hamkorligida salomatligi yomonlashgani tufayli O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan fuqaro A.O. Novosibirsk—Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilishiga amaliy yordam berildi.
Fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari kutib oldi va fuqaro yashash manziliga kuzatildi.
Ma’lumot uchun, agentlikning Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi manzili: Novosibirsk shahri, Lomonosov ko‘chasi 55-uy. Telefon: +7 (953) 862-00-07
Bundan avval Shvetsiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelingani, Rossiyada qurilish maydonida yiqilib halok bo‘lgan 22 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi mamlakatga olib kelingani hamda Koreyada moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)