• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tabiiy vinoga aksiz solig‘i bekor qilinishi kutilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-iyul kuni uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda ekoturizmni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda uzumchilikni keng ko‘lamda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Avvalo, tog‘oldi tumanlarida yirik uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Misol uchun, 2020-yili Oltiariq tumanida g‘alla maydonlari qisqartirilib, 2 ming gektar yerda yirik uzumzorlar barpo etilgan edi. Ularda tumandagi 5 ming nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.

    Buning evaziga qo‘shimcha 60 ming tonna uzum yetishtirilib, uning eksporti keyingi yilda qariyb 100 million dollarga, to‘liq hosilga kirgandan keyin esa yiliga 200 million dollarga yetadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, Forish, G‘allaorol, Yangiobod, Chiroqchi, Payariq, Qo‘shrabot tumanlarida ham yangi tokzorlar barpo etilgan.

    Shunday tajriba asosida Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat rahbari ushbu plantatsiyalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalarida uzumchilikni rivojlantirish, ko‘chat bilan ta’minlash va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha Loyiha ofislari tashkil etilishi belgilandi.

    Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa ilmiy muassasalarning yerlarida sertifikatlangan uzum ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Tokzorlar barpo etish va eskilarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida sertifikatlangan yangi uzum plantatsiyalarining har bir gektariga 10 million so‘mdan subsidiya beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uzumzorlar tashkil etishni moliyalashtirish uchun banklarga 100 million dollar resurs ajratiladi.

    Meva-sabzavotlar to‘kinligida aholi tomorqalari ham katta manba. Misol uchun, Buloqboshi tumanidagi xonadonlarda 5 ming tonna uzum yetishtirilib, 15 milliard so‘m daromad olinishi kutilmoqda.

    Prezident bu tajribani barcha hududlarda ommalashtirib, tomorqa chetlarida, yo‘l bo‘ylarida uzum yetishtirish an’anasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda sohaga ilm va innovatsiyalarni keng joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Innovatsion rivojlanish vazirligiga xorijiy tajriba asosida uzumning hosildor, danaksiz, sovuqqa va kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Tokni faqatgina shpalerga ko‘tarish hisobiga hosildorlikni 2–3-baravar ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi. Buni qo‘llab-quvvatlash maqsadida endi shpaler o‘rnatish xarajatlarining 30 foizgacha qismi byudjetdan qoplanishi belgilandi. Shuningdek, uzumchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari uzumni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishning to‘liq siklini yaratish uchun vinochilik klasterlari tashkil etish kerakligini ta’kidladi.

    Ularga uzumni qayta ishlash, mayiz quritish va qadoqlash uskunalarini sotib olish uchun moliyaviy imtiyozlar beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, tabiiy vinolarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinishi belgilandi.

    Eksport imkoniyatlari tahlil qilinar ekan, joriy yilda xo‘raki uzum eksportini 200 million dollarga, mayizbop uzum eksportini 130 million dollarga, tabiiy uzum vinosi eksportini 50 million dollarga yetkazish mumkinligi aytildi.

    O‘zbekiston uzum navlarining milliy brendini yaratib, xorijda targ‘ib etish, salohiyatli bozorlar bilan fitosanitar kelishuvlarga erishish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    “Tarmoq rahbarlari va hokimlar kelgusi yillarda eksportni yana-da oshirish uchun o‘zlarining aniq rejalarini belgilab olishlari kerak. Bundan buyon, yetishtirilgan hosil 30 foizigacha eksport qilinsa, daromad va mulk soliqlari 30 foizga, eksport 30 foizdan oshsa, 2 baravarga kamaytiriladi. Shuningdek, eksport qilingan har bir litr tabiiy vino uchun, 5 ming so‘m subsidiya ajratiladi:, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uzumzorlarda ekoturizm uchun zarur infratuzilma yaratish chora-tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va hokimlar axborot berdi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Oxirgi to‘rt yilda 52 ming gektar yangi tokzorlar tashkil etilib, sohaga 210 milliard so‘m subsidiyalar ajratildi”

    07.07.2021, 22:10   Izoh (0)   32080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Nexia-3 beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchi esa reanimatsiyaga joylashtirildi

    07.07.2021, 21:24

    Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevani Gulnora Karimova bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi

    07.07.2021, 21:10

    Tanzila Norboyeva “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

    07.07.2021, 20:42

    Navoiy issiqlik elektr stansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi

    07.07.2021, 20:27

    Foto: Emlangan o‘zbek amaldorlari

    07.07.2021, 20:12

    Muborak tumani sobiq hokimi Ulug‘bek Ernazarov yangi lavozimga tayinlandi

    07.07.2021, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.