Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Olmazor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2021—2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahar, Sergeli tumani Qum-ariq ko‘chasi 22-A uy yaqinidagi o‘rta bosimli D-114 millimetrli yerusti gaz quvurini boshqa joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2021-yil 8-iyul kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni bajarishda 2021-yil 8-iyul kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
- Gazchilar shaharchasi, 6 ta 2 qavatli uy, 48 ta xonadon va 123 ta yerli xonadon.
Ushbu ishlarni bajarishda 2021-yil 8-iyul kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
- “Mirishkor” mahallasidagi 3 ta ko‘p qavatli uy, 281 ta xonadon.
- Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi maishiy korxonalar.
Ushbu ishlarni bajarishda 2021-yil 8-iyul kuni soat 10:00 dan 17:30 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Olmazor tumani aholi iste’molchilari:
- “X.Ko‘hakiy” MFYdagi hovlilar, 255 ta xonadon.
- “Chorsu” dehqon bozoridagi 15 ta ulgurji iste’molchi.
Aholi iste’molchilari:
- “Kattaqo‘yliq” mahallasi hududidagi 15 ta ko‘p qavatli uy, 876 ta xonadon.
- “Kattaqo‘yliq” mahallasi hududidagi 8 ta ulgurji iste’molchi.
Ushbu ishlarni bajarishda 2021-yil 8-iyul kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
- “Dilbuloq” mahallasidagi 5 ta ko‘p qavatli uy, 520 ta xonadon.