Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani vakillari Rim shahridagi “Palasso dei Kongressi” saroyida o‘tkazilgan “Ta’m ustalari” nomli II milliy ko‘rgazmada ishtirok etib, faxrli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

Ma’lum qilinishicha, “Ta’m ustalari” deb nomlangan Italiyaning II milliy ko‘rgazmasida birinchi marta turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mohir oshpazlar o‘rtasida “Dunyo muzqaymoqlari avlodi” deb nomlangan xalqaro tanlov o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, tanlovda italiyalik mohir oshpaz Eugenno Morrone tomonidan Mirzaobod qovunlaridan tayyorlangan muzqaymoqlar faxrli ikkinchi o‘ringa munosib topilgan.

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

Musobaqa shartlariga ko‘ra, muzqaymoqlar mevalar yoki boshqa mamlakatlarda yetishtiriladigan mahsulotlardan tayyorlanishi kerak bo‘lgan. Muzqaymoq tayyorlashda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan keltirilgan qirqma, qariqiz, qoraqand nomli qovun navlaridan foydalanilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi