Daryo

Atigi uch mahsulotdan eskimo muzqaymog‘ini tayyorlab ko‘ring

Nafaqat bolajonlar, balki kattalar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q

1 daqiqa o‘qish49 342 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Sevimli shirinligingizni sotib olishga hojat yo‘q.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • qora va oq shokolad — 100 g;
  • qaymoq — 300 ml;
  • quyultirilgan sut (sgushennoye) — 4-5 qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Shokoladni mikroto‘lqinli pechga qo‘yib, eritib oling.
  • Bir martalik stakan yoki maxsus formaga 2-3 qoshiq eritilgan shokolad qo‘shing.
  • Devorlari shokolad bilan qoplanishi uchun stakanni aylantiring.
  • 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  • Quyultirilgan sutga qaymoq qo‘shib, mikserda aralashtiring.
  • Shokoladli stakanga aralashmani quyib chiqing.
  • Muzqaymoq cho‘pini tiqib, ustini folga qog‘oz bilan o‘rang.
  • Kamida 8 soatga muzlatkichga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar