Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25-iyun kuni bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qilgan.
Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda o‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilgani va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston—Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning martida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Urganchga kelgandi.
Izoh (0)