Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi barcha gavjum joylarda (bozorlar, savdo rastalari, ko‘ngil ochar joylar, “Korzinka” supermarketlarida) 27-iyundan boshlab  koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash punktlari tashkil etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mirobod tumani (4 ta):

  • “Mirobod” dehqon bozori;
  • “Korzinka” —Fayziobod;
  • “Risoviy” bozor;
  • “Korzinka” — Sarakul.
Mirzo Ulug‘bek tumani (5 ta):
  • EKO bozor;
  • “Bo‘z” bozor;
  • “Yalang‘och” bozor;
  • “Navro‘z” dehqon bozori;
  • 8-OP filial.
Shayxontohur tumani (4 ta):
  • “Eski Jo‘va” dehqon bozori;
  • “Chorsu” buyum bozori;
  • “Korzinka” savdo do‘koni;
  • “Korzinka”.
Yunusobod tumani (5 ta):
  • dehqon bozori;
  • “Oloy” dehqon bozori;
  • MegaPlanet supermarketi;
  • “Korzinka” — Sayram;
  • “Korzinka”.
Yakkasaroy tumani (3 ta):
  • “Askiya” bozori;
  • Next supermarketi;
  • “Korzinka”.
Chilonzor tumani (6 ta):
  • “Korzinka” — “Chilonzor” metro bekati;
  • “Qatortol” bozori;
  • Chilonzor buyum bozori;
  • “Ippodrom”;
  • Algoritm;
  • “Korzinka”.
Sergeli tumani (3 ta):
  • mashina bozor;
  • dehqon bozori;
  • “Korzinka”.
Yashnobod tumani (6 ta):
  • “O‘rta masjid” mahalla;
  • “Dilbog‘” mahalla;
  • “Olmos” mahalla;
  • “Aviasozlar” bozori;
  • EKO bozor;
  • “Korzinka”.
Olmazor tumani (1 ta):
  • “Tansiqboyev” bozori.
Uchtepa tumani (2 ta):
  • “Sino med” MChJ;
  • “Farhod dehqon bozori”.
Bektemir tumani (3 ta):
  • “Kompas” savdo majmuasi;
  • “Qo‘yliq” ulgurji bozori;
  • “Qo‘yliq” dehqon bozori.
Yangi hayot tumani (5 ta):
  • MKTP;
  • MKTP (binokor filiali);
  • “Choshtepa” MFY;
  • 331-maktab;
  • 329- maktab.
Yashnobod tumani markaziy poliklinikasida oilaviy shikofor bo‘lib ishlovchi Hilola Qulahmadovaning ma’lum qilishicha, savdo markazida vaksinaning faqat birinchi dozasini olish mumkin. Buning uchun pasport so‘raladi. Vaksinaning qolgan dozalarini fuqarolar o‘zlari yashaydigan poliklinikalarda olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 28-iyundan 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlam koronavirus infeksiyasiga qarshi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanadi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi ham kengaytirildi. Endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra 26-iyun holatiga ko‘ra mamlakatda jami emlanganlar soni 1 932 975 kishini tashkil etmoqda. Emlash jarayonida jami 3 280 736 doza vaksinadan foydalanilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda