• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasi qurilishi kimga topshirilgani ma’lum bo‘ldi

    Toshkent viloyati Qibray tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Kadr: “O‘zbekiston 24” telekanali

    Nashr Toshkent hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining Qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyasi bilan shartnoma tuzish haqidagi ikkita lotni (1, 2) joylashtirganiga e’tibor qaratgan. Shartnoma qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligini nazorat qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishni nazarda tutadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Har ikki lotda Mimar pudratchi tashkilot sifatida ko‘rsatilgan. Birinchi lotda qurilish-montaj ishlarining qiymati 146,5 milliard so‘mga baholanib, qurilish ishlarini boshlash to‘g‘risidagi xabarnoma 17-iyunda topshirilgan. Ikkinchi lot esa 47,8 milliard so‘mga baholangan va xabarnoma 19-iyunda topshirilgan.

    Hujjatlarda loyihalash ishlarini parallel ravishda olib borish uchun O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi qarori asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mimar Group saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xususiy qurilish kompaniyasi 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yirik shaharsozlik loyihalarini — turar joylar qurilishidan tortib, sanoat va ijtimoiy obyektlar qurilishiga qadar — amalga oshirishga ixtisoslashgan.

    Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYaDR) ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish. Ta’sischilari sifatida Alisher G‘aniyev Abdubositovich (56,75 foiz) va Kozimbek Yaminov O‘tkirovich (43,25 foiz) ko‘rsatilgan, rahbari — Feruzbek Davronov.

    Kompaniya 71 gektar maydonda Tashkent INDEX qurilish savdo-ishlab chiqarish majmuasi loyihasini amalga oshirmoqda, shuningdek, poytaxtdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi rekonstruksiyasiga jalb qilingan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    O‘z navbatida, “Reyting.mc.uz” qurilish-pudratchi tashkilotlar reytingiga ko‘ra, Mimar Group va Ijod-Ijod reyting bahosi SSS (1-qoniqarli daraja, ishonchlilik darajasi 30 foizdan 35 foizgacha) bo‘lgan quruvchilar guruhiga mansub.

    Toshkent hokimligi va Qurilish vazirligi matbuot xizmatlari mazkur holatga izoh bermagan. Kompaniya Mimar Group “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasi qurilishi loyihasini amalga oshirayotganini tasdiqlagan.

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i
    Kadr: “Gazeta.uz”

    Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Qibray tumanida yangi bog‘ barpo etilayotgan hududga tashrif buyurib, ilk daraxtlarni o‘tqazishda ishtirok etgandi. Prezident yangi bog‘da daraxtlarni ulkan daraxtning beshta novdasi shaklida ekishni taklif qilgan, bu O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ramziy ma’noda anglatadi.

    Davlat rahbari yangi bog‘ hududi, parlament tasdiqlasa, Toshkent tarkibiga o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Xuddi shu yerda mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol” majmuasi ham bunyod etiladi. Qurilish vazirligining aniqlik kiritishicha, gap Toshkent markazidagi Moviy gumbazlar xiyobonida joylashtirilishi rejalashtirilgan majmua haqida ketmoqda.

    25.06.2021, 12:43   Izoh (0)   23139
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yandeks” O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasidan Rossiyadagi taksi xizmatlarida foydalanishga ruxsat olmoqchi

    25.06.2021, 12:10

    Samarqandda mast holatda begona qizga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

    25.06.2021, 11:26

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida salkam 50 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi

    25.06.2021, 10:50

    Uralmashzavod kompaniyasi bilan birgalikda Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda mis boyitish fabrikasini quradi

    25.06.2021, 10:30

    “Osiyo Shengeni” — Silk road visa amalda 2022-yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin

    25.06.2021, 10:30

    Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

    25.06.2021, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37

    NYT: Paramount kompaniyasi Trampga 16 mln dollar to‘lashga tayyor

    Dunyo | 2 iyul, 22:20

    Superliga. “Neftchi” Samarqandda “Dinamo”ni mag‘lub etdi

    Sport | 2 iyul, 22:08

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.